Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 22-turida PSJ 31-yanvar, yakshanba kuni “Loryan” maydoniga safar qildi.
Uchrashuvning 36-daqiqasida maydon egalari Loran Aberjelning goli evaziga oldinga o‘tib oldi. Bunga parijliklar Neymarning penaltidan urgan goli bilan javob qaytardi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Neymar yana bir bor 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi.
80-daqiqada Yoan Vissa hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Terem Moffi maydon egalarining g‘alaba to‘pini kiritdi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Loryan” ochkolarini 18 taga yetkazib oldi va so‘nggi o‘rindan 18-pog‘onaga ko‘tarildi. PSJ (45) esa uchinchi o‘ringa tushib ketdi.
Liga 1
22-tur bahsi
31-yanvar, yakshanba
“Loryan” — PSJ 3:2
Gollar: 1:0 – 36 Aberjel, 1:1 – 45, penalti Neymar, 1:2 – 58, penalti Neymar, 2:2 – 80 Vissa, 3:2 – 90+1 Moffi.“Loryan”: Dreyer, Ergo, Mendes (Delaplas, 60), Laport, Morel, Monkondyui (Chaloba, 46), Aberjel, Loryante (Vissa, 61), Le Fe (Amel, 78), Graviyon, Grbich (Moffi, 61).
PSJ: Riko, Kimpembe, Florensi, Kerer, Kurzava, Danilu Pereyra, Paredes (Guye, 81), Di Mariya (Sarabiya, 81), Ikardi, Mbappe, Neymar.
Ogohlantirishlar: Danilu Pereyra (2), Le Fe (12), Monkondyui (28), Lemuan (71), Paredes (75), Aberjel (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)