Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 21-turidan o‘rin olgan bahsda “Arsenal” va “Manchester Yunayted” jamoalari 30-yanvar, shanba kuni o‘zaro to‘qnashdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi mehmonlarning kichik ustunligida o‘tdi, biroq tanaffusdan keyin Mikel Arteta shogirdlari faollikni oshirdi. Har ikki darvoza oldida qator golli vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, o‘yin yakuniga qadar hisob ochilmadi.
“Manchester Yunayted” 41 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi va bitta zaxira o‘yiniga ega peshqadam — “Manchester Siti”dan uch ochko ortda qolmoqda. “Arsenal” (31) esa 8-pog‘onaga joylashgan.
Ole-Gunnar Sulsher jamoasi keyingi turda “Sauthempton”ni qabul qilsa, londonliklar “Vulverhempton” maydonida mehmon bo‘ladi.
APL
21-tur bahsi
30-yanvar, shanba
“Arsenal” — “Manchester Yunayted” 0:0
“Arsenal”: Leno, Belyerin, Soaresh, David Luiz, Holding, Jaka, Smit-Rou (Edegor, 83), Pepe, Parti, Martinelli (Villian, 46), Lyakazett (Nketia, 90).“Manchester Yunayted”: De Xea, Shou, Uan-Bissaka, Lindelyof, Maguayr, Maktominey (Marsyal, 37), Brunu Fernandesh, Fred, Pogba, Kavani, Reshford (Grinvud, 80).
Ogohlantirishlar: Soaresh (13), Uan-Bissaka (51), Pogba (73), Maguayr (76).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)