• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Mahatma Gandi uchun atalgan uch o‘q. Hind dohiysiga uyushtirilgan suiqasd tarixi

    1948-yilning 30-yanvar kuni buyuk hind davlat arbobi, faylasufi Mohandas Karamchand Gandiga suiqasd uyushtirildi. “Daryo” nashri mazkur suiqasd tafsilotlari haqida hikoya qiladi.

    Mohandas Karamchand Gandi hindlar va ingliz mustamlakachilari orasida “Mahatma” – “Buyuk qalb sohibi” nomi bilan ancha tanilgandi. Fojiaviy yakun va uning atrofidagi sodir bo‘layotgan vaziyat Gandining shaxsiyati bilan bog‘liq faoliyatga zid keladigan tasavvur uyg‘otsa-da, keyingi voqealar nafaqat hindlarning, balki butun dunyoning taqdiriga ham sezilarli o‘zgarishlar olib kirdi.

    Mohandas Gandi 1869-yilda tavallud topdi. Gandini ayrimlar brahman tabaqasiga mansub deb bilsa-da, Gandi vayshiylar kastasiga kiruvchi baniya toifasidan edi. Vayshiylar an’anaviy hind kastachiligi pog‘onasida brahman va kshatriylardan so‘ng jamiyatning uchinchi pog‘onasida turuvchi qatlam edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Mohandas Gandi dastlab inglizlar tomonidan tashkil qilingan maktabda tahsil oladi, so‘ng o‘qishini Londonda huquqshunoslik sohasida davom ettiradi. Gandi g‘arblashgan o‘ta tor, ammo ta’sirli doiradagi hindlar orasiga kirib qolgandiki, u mansub bo‘lgan bu doiradan keyinchalik mustaqil Hindistonning birinchi bosh vaziri bo‘lgan Javoharlal Neru, Pokiston davlatining asoschisi Muhammad Ali Jinnalar yetishib chiqqandi.

    Janubiy Afrikadan boshlangan uzoq yo‘l

    Gandining siyosiy yetakchi sifatidagi faoliyati, dastlab, o‘z vatani Hindistonda emas, aksincha Janubiy Afrikadagi hind muhojirlarining huquqlari uchun kurashchi sifatida boshlandi. Gandining siyosiy yetakchiga aylanishiga Viktoriya davri Britaniyasi va bu imperiya tartib bergan irqlar pog‘onasi-yu, mustamlakachilik tizimi sabab bo‘ladi. Garchi bugungi kunda janubiy afrikaliklar Gandining Janubiy Afrikadagi teng huquqlar uchun kurashini alohida ta’kidlashni istashmasada, Gandi Janubiy Afrikaning Durban shahrida ilk marta Britaniya imperiyasi o‘rnatgan irqiy kamsitishga qarshi kuch ishlatmaslik bilan qarshi turish g‘oyasini ilgari surdi.

    Har bir insonning bu dunyoda maqsadga erishishida yo‘lchi yulduzi bo‘ladi. Shu ma’noda, Gandining yo‘lchi yulduzi rus klassik adabiyoti vakili Lev Tolstoyning har qanday jaholatga qarshi kuch ishlatmaslik bilan qarshi turish mumkinligi g‘oyasi bo‘ldi. Gandi o‘z avtobiografiyasida “rus yozuvchisi Lev Tolstoyning asarlari bilan tanishar ekanman, boshqa hech bir muallif yoki g‘oya Tolstoynikidek chuqur axloqiy va shu bilan birga samimiy emasligini” alohida ta’kidlagandi. Tolstoy nazaridagi kuch ishlatmaslik borasidagi axloqiy qadriyat kun kelib dunyoni chirmab olgan alamzadalikka barham berishi kerakligi g‘oyasini Gandi o‘ta sezgirlik bilan ilg‘agandi.

    Gandi Janubiy Afrikada oz emas, ko‘p emas 20 yil umrini o‘tkazdi va ona vatani Hindistonga qaytib keldi. Garchi Gandining kuch ishlatmaslik borasidagi yutuqlari Janubiy Afrika misolida ulkan bo‘lmasada, uni mashhur qilgandi.  Hindistonga qaytib kelgan Gandi 1920-yilda Hindiston Milliy Kongressi partiyasiga rahbarlik qila boshlaydi va aynan shu davrdan boshlab, u Hindistonning mustaqilligi uchun harakat qiladigan hind kurashining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Tolstoyning g‘oyalari birinchi jahon urushi natijasida maglubiyatga uchraydi, ammo Gandi buyuk rus yozuvchisining g‘oyalarini hayotga tadbiq qilishni maqsadga aylantiradi. Shu maqsadda Gandi ingliz hukumatiga qarshi kuch ishlatmasdan qarshilik ko‘rsatish kampaniyasini boshlab yuboradi. Buning uchun u hind vatandoshlaridan inglizlar qo‘lida ishlamaslik, ingliz maktablarida tehsil olmaslik, ingliz sudlarida qatnashmaslik kabi tamoyillarga amal qilishlarini targ‘ib qiladi. Ayniqsa Gandi ingliz yengil sanoati mahsulotlaridan voz kechishni va qo‘l mehnatiga asoslangan ip yigiruv uskunasidan foydalangan holda kiyim bosh tayyorlashni namuna qilib ko‘rsatadi va keyinda Gandining o‘ziga xos bo‘lgan ramziga aylanadi. Aynan shu davrdan boshlab Gandi qiyofasi ham tarki dunyo qilgan odam siymosini gavdalantira boshlaydi. Gandining g‘oyasini hindlar katta ishtiyoq bilan qarshilaydilar: mahalliy hind huquqshunoslar ommaviy tarzda ingliz sudlarida iste’fo berar, ingliz maktablari va kollejlari hind talabalarisiz huvillar, odamlar qo‘lda to‘qilgan matolardan kiyim bosh tayyorlab yurishni boshlashadi. Bu hindlarning inglizlarga bergan kuch ishlatmaslikka asoslangan katta zarbasi bo‘ladi.

    Biroq tanganing ikki tarafi bor deganlaridek, tobora faollashib borayotgan butun mamlakat miqyosidagi harakatni tizginda ushlab turishdek vazifani, hattoki, Gandining o‘zi ham boshqara olmasdi. Oradan bir yarim yil o‘tib, Gandi Satyagraha dasturini bekor qilishga majbur bo‘ladi. Sabab uning tarafdorlari Gandi har qancha kuch ishlatmaslikka chiqirishiga qaramasdan, politsiya idorasini yoqib yuborishgani bo‘ladi. Natijada barcha o‘quvchilar, talabalar yana avvalgiday ingliz maktablariga qatnay boshlashadi, huquqshunoslar inglizlar idoralaridagi ishga qaytadi.

    Gandining o‘z siyosiy g‘oyalarida hind milliy dini, so‘z va atamalaridan keng foydalanishining ham badali bor edi. Hindistondagi musulmon jamoasi hinduizmning bu darajada yoyilishidan xavfsirardi. Chunki vaziyat shunday davom etadigan bo‘lsa, mustaqil Hindistonning yangi sahifasida musulmon hindlar uchun makon yo‘qdek tasavvur uyg‘otgandi. Musulmon ligasi yetakchisi Muhammad Ali Jinna Hindiston Milliy Kongressi bilan siyosiy hamkorlik qilishga intilardi. Ammo bir kuni Muhammad Ali Jinna Gandiga “janob Gandi” deya murojaat qilishi natijasida Gandi tarafdorlarining keskin noroziligiga sabab bo‘ladi va parlamentni tark etishga majbur bo‘ladi. Bu nizoni va ayriliqni keyin ham tuzatib bo‘lmadi. Chinni piyolaga darz ketgandi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Gandining kuch ishlatmasdan qarshilik ko‘rsatish harakati butun dunyoga Gandini mashhur qiladi. Endi Gandi xalqaro ziddiyatlarni kuch ishlatmasdan qarshilik ko‘rsatish borasida maslahat berishni joiz deb biladi. Germaniyaning fashistlar qatag‘onlari qurboniga aylangan yahudiy millati vakillariga Gandining  vatandan va milliy mansubligidan voz kechmagan holda boshga tushgan barcha azob va qurbonliklarni tabiiy qabul qilish kerakligi haqidagi tavsiyalari g‘alati eshitilardi. Gandi 1939-yilda Adolf Gitlerga yozgan maktubida Gitlerni “Qadrli do‘stim” deya boshlar ekan “siz bo‘lajak urushni va uning qurbonlarini saqlab qolishga qodir insonsiz” deya maslahat beradi. Biroq oradan bir necha hafta o‘tgach, ikkinchi jahon urushi boshlanib ketadi. Britaniya janubi-sharqiy Osiyoda yaponlardan mag‘lub bo‘lgach, Gandi ingliz hukumatiga “sizlarning Hindistonni tark etadigan vaqtingiz bo‘ldi” deb murojaat qiladi. Gandining nazarida, agarda yaponlar Hindistonni bosib oladigan bo‘lsa, ularga kuch ishlatmasdan qarshilik ko‘rsatish mumkinligiga ishonchi komil edi. Ikkinchi jahon urushi paytida esa Hindiston Milliy Kongressining bir qator a’zolari Yaponiyaga qarshi ingliz hukumati kayfiyatini ifodalamagani uchun qamoqqa tashlanadi. Sabab bu ingliz ma’murlari nazarida, boz ustiga urush davrida, xiyonatning o‘zi edi.

    Mustaqillik: Hindistonning bo‘linishi va Gandiga suiqasd

    Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan so‘ng Hindistonning mustaqilligi hal qilingan bo‘lsada, ammo yaxlit mamlakat sifatida Hindistonni tasavvur qilib bo‘lmasdi. Musulmon jamoasi Hindiston Milliy Kongressi bilan umumiy til topisha olmas, Gandi esa hind – musulmon jamoasini yarashitirishga qodir emasdi. Gandining o‘zi esa yangi Hindistonda siyosiy biror bir mansabga ega bo‘lish taklifini rad etadi. Natijada, Hindistonning yangi hukumatini Javoharlal Neru, musulmon Pokistonda esa Muhammad Ali Jinna boshqaruvni o‘z qo‘l ostiga oladi. Gandi mamlakatni bunday tarzda bo‘linishiga qarshi bo‘lsada, amalda ularni birlashtirishga kuch bilan harakat qilishni yoqlamasdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Mahatma Gandi Kalkuttadan Dehliga qarab yo‘l oladi. Gandining Kalkuttadan ketishi bilan Hindistonning yirik shaharlaridan biri sanaladigan shaharda katta milliy inqiroz boshlanadi. Kalkutta hind tarixidagi eng mash’um qatliomning o‘chog‘iga aylanadi. Bu hindlarning musulmonlarga, musulmonlarning hindlarga qarshi kurashining avj nuqtasi edi. Bir tarafdan mutaassib hind dindorlari, boshqa tarafdan musumonlar va boshqa tarafdan har ikki guruhning kurashidan manfaatdor bo‘lgan siyosatdonlar bir birlarini yo‘q qilishga, bir birlariga nisbatan qatag‘on uyuhstirishga qasd qilgandi. Natijada, ko‘plab hind ibodatxonalari, musulmon masjidlari zarar ko‘radi, begunoh odamlar qurbonlikka keltiriladi, deb yozadi Jordis Kristina “Buyuk Mahatma” asarida. Minglab hindlar va musulmonlar o‘z vatanida qochqin bo‘ladi.

    Bu paytda Gandi Dehlida o‘zining yaqin do‘sti boy sanoatchi Birlaning uyida mehmonda edi. Gandining do‘sti bo‘lgan Javoharlal Neru ham, Gandining kotibi bo‘lgan Sardor Vallabxay Patel ham bu paytga kelib Gandi va uning Satyagraxa tamoyilidan ko‘ngli qolgan davrlar edi. Gandi yolg‘iz, tushkunlikka berilgan, xavotir kayfiyatda Bengaliyaga safar qilishni rejalashtiradi. Uning yaqinlari Gandini Bengaliyaga safarini qoldirishga ishontirishga urinsada, ko‘p yillik turma, keksalik, kasallik  alomatlari Gandini qabrga tortib turganiga qaramay, o‘z safarini qoldirishni istamaydi. 50 yil hindlar uchun kurashgan Gandi 77 yoshida Bengaliyaga safar qiladi.

    Gandi hayotining so‘nggi bobi boshlangani, taqdiri azalning so‘nggi hukmi o‘qilgani bu paytda Gandiga ayon emasdi. U bor kuchi, shijoati va jasorati bilan hayvoniy shafqatsizlik va berahmlik avj olgan, qasos olish kayfiyati insoniylikdan ustun kelgan, aximsa – hinduiylik, jaynlik va buddizmning asosi bo‘lgan kuch ishlatmaslik tamoyili rad etilgan jamiyat sari harakat qildi. Gandi shunday bir olam ta’sirda ham ko‘zlarini yog‘ qoplagan, jaholatga berilgan ommaning ahdu paymonidan qaytarishga umid qildi. Vaziyat esa Gandining osmonida yomon ob-havo ta’sirida yuz beradigan qora bulutlarga burkangandi.

    20-yanvar sanasida Gandi diniy ibodatni amlaga oshirayotgan paytda Madanlal tashlagan bomba portlaydi. Gandi tirik qoladi. Gandi hind hukumatining Pokistonga to‘lanadigan 550 million rupiyni to‘lashdan bosh tortgani sabab navbatdagi ochlikni e’lon qiladi. Buyuk siymoga hurmat sabab hind hukumati mazkur tovonni to‘lashga majbur bo‘ladi. Bu esa millatchi hindparastlarning qonini junbushga keltiradi. Ular Gandini musulmonlarning nog‘orasiga o‘ynayotganlikda ayblaydi. Gandi atrofida noxush vaziyatlar bulutining tobora quyuqlashib borayotganidan xavotirga tushgan hind huquq posbonlari Gandiga shaxsiy himoya yordamini taklif qiladi, ammo Gandi “shaxsiy xavfsizlikni ozodlikka boy berayotganlarning yashashga haqqi yo‘q” deya javob qaytaradi. Bu paytda Neru va Patel o‘rtasidagi nizo ommaviy axborot vositalarida tarqalgandi. Gandi ikki siyosiy raqobatchini yarashtirish maqsadida kechki ovqatga Patelni taklif qiladi. Maqsad Patelga nasihat qilish orqali vaziyatni keskinlashtirishga yo‘l qo‘ymaslik edi. Ibodat bilan band bo‘lgan Gandi Patel bilan uchrashuvga 15 daqiqa kechga qoladi, deb eslaydi Gandining shaxsiy kotibi V. Kalyanam. Tumonat odam esa Gandini kutib olishga chog‘langandi. Qotil Natxuram Godze ham ana shu olomon ichida edi. Godze cho‘ntagidan to‘pponchani olib Gandiga qarat uch marta o‘q uzadi.

    Xulosa

    Hozirga qadar Gandi shaxsiyati haqida gap ketganda aksarlar uni buyuk ma’rifatparvar va ustoz sifatida qabul qiladi, bunga uning jaholatga qarshi sabr bilan, zo‘ravonliksiz qarshi turish mumkinligiga ishonchi sabab bo‘lsa, aksarlar, Gandini qat’iyatsizlikda va shu sababli o‘z shaxsiyatida qarama- qarshiliklar mavjudligi bois Hindistonni bo‘linishiga sababchi bo‘lgan shaxs sifatida qoralaydi. Beayb – parvardigor. Shunga qaramay Mahatma Gandi XX asrning insoniyatga yuborgan, o‘z ahdiga sodiq, insoniyatga foyda keltirgan siyosatchi faylasuflaridan biri sifatida qarashda davom etmoqda. Gandining “ko‘zga ko‘z tamoyili butun dunyoni ko‘r qiladi” deya aytganlari bejizga emas.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    30.01.2021, 22:36   Izoh (0)   105432
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fransiya, Chexiya va Germaniya mamlakatga kirish cheklovlarini kuchaytirdi

    30.01.2021, 22:13

    Afg‘oniston sharqida yuz bergan portlash oqibatida 8 nafar harbiy halok bo‘ldi

    30.01.2021, 20:12

    Dunyo bo‘yicha 85 million dozadagi COVID-19’ga qarshi vaksinalar ishlatib bo‘lindi

    30.01.2021, 19:11

    Kanadada mamlakatga kirish tartibi kuchaytirildi

    30.01.2021, 15:10

    Aleksey Navalniyning ukasi uy qamog‘iga yuborildi

    30.01.2021, 14:30

    Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatining rahbari pora olish uchun tovlamachilik bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinib hibsga olindi

    30.01.2021, 13:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.