Afg‘onistonning Nangarhor viloyatida avtomobilga o‘rnatilgan bombaning portlashi oqibatida sakkiz nafar xavfsizlik xizmati xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Tolo News xabar berdi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, portlash 2021-yil 30-yanvar kuni tongda Shirzad okrugiga o‘tuvchi harbiy blokpostda sodir bo‘lgan. Nangarhor politsiya boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, portlash detonatsiyasi harbiy baza hududida amalga oshirilgan.
Nangarhor viloyati hokimining o‘rinbosari Ubaydulla Shinvari halokat oqibatida o‘lganlarning soni 14 nafarni tashkil qilishi va ular xavfsizlik xizmati xodimlari bo‘lganini qayd etgan.
Afg‘onistonda hozirgacha hukumat va “Tolibon” harakati jangarilari o‘rtasida katta kelishmovchiliklar mavjud. 2020-yil 12-sentabrda Qatar poytaxti Doha shahrida afg‘on hukumati va “Tolibon” o‘rtasida tinchlik muzokarasi boshlangandi.
O‘tgan yili noyabr oyida Afg‘oniston markazidagi G‘azni shahrida portlash yuz berishi oqibatida 20 nafardan ziyod kishi halok bo‘lgandi. 2020-yil may oyida Kobuldagi kasalxonaga uyushtirilgan hujum oqibatida 24 nafar odam hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh (0)