• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda bog‘cha bolalariga chiqindini saralash ko‘nikmasi o‘rgatiladi

    O‘zbekistonda bog‘cha bolalari “Qiziqarli chiqindi” didaktik o‘yini orqali chiqindilarni saralashga o‘rgatiladi. “Kun.uz”ning yozishicha, bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligining tizimda ekologik ta’lim va ekologik madaniyatni rivojlantirishni joriy etish bo‘yicha pilot loyiha mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Qayd etilishicha, dastur Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, SVB Advisory Britaniya—O‘zbekiston barqaror rivojlanish kompaniyasi va Hashar Week ijtimoiy loyihasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

    Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shinga ko‘ra, loyihaning pilot bosqichi Toshkent shahridagi 13 ta bog‘chada o‘tkazilmoqda.

    “Hozirgi kunda ekologik muammolar global masshtabda ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, ekologik tarbiyani maktabgacha ta’lim tashkilotlarida joriy qilish ham muhim.

    Pilot bosqichida loyiha bilan 4069 nafar bola va ularning ota-onalari qamrab olingan. Dastur 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

    Dastur samaradorligini ta’minlash maqsadida pilot loyihada ishtirok etayotgan 13 ta MTTning 50 nafar tarbiyachisi uchun 2020-yilning dekabr oyida o‘quv seminarlari o‘tkazildi. Bunda tarbiyachilar bog‘cha yoshidagi bolalarning ekologik ta’limi doirasida xulq-atvor psixologiyasi texnikalarini o‘zlashtirishdi.

    Loyiha keyinchalik respublikaning barcha hududlaridagi bog‘chalarda tatbiq etilishi rejalashtirilgan”, — degan u.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Hashar Week ijtimoiy loyihasi muallifi va rahbari Suna Park chiqindilarni saralashni bolalarga o‘rgatish jarayoni qanday kechishi haqida ma’lumot berdi.

    “Bolalarga qayta ishlanadigan va qayta ishlanmaydigan chiqindilar haqida kichik ma’ruzalar shaklida ma’lumot beriladi. Bolalar toza ekologik mahsulot bo‘lgan o‘yinchoq qutilarga O‘zbekiston sharoitida eng ko‘p uchraydigan maishiy chiqindilar nomi ko‘rsatilgan kartochkalarni qog‘oz, plastik va qayta ishlanmaydigan chiqindilarga saralab tashlashni mashq qilishadi.

    Keyingi bosqichda esa katta qutilarga haqiqiy chiqindini saralab tashlashni o‘rganishadi.

    Bola bog‘chada chiqindini saralashni o‘rgangani bilan uyda va ko‘chada ham shunga amal qilishi uchun ularning ota-onalariga tavsiyalar berib boriladi. Shuningdek, shahar infratuzilmasini ham chiqindini saralab tashlashga asoslangan holda chiqindi qutilari bilan ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqilishi lozim”, — degan Suna Park.

    Loyiha bilan bog‘liq barcha xarajatlarni YeXHT moliyalashtirmoqda.

    “Bolaga biron ko‘nikmani o‘rgatish qanchalik erta yoshda boshlansa, buning samarasi shunchalik yaxshi bo‘ladi. U bog‘chada o‘rgangan narsasini uyda, yaqinlari davrasida ham qo‘llay boshlaydi va shu orqali kattalarni ham shu yangi ko‘nikmadan xabardor qiladi.

    Shu nuqtayi nazardan, chiqindilarni saralashni maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlab o‘rgatish juda o‘rinli qarordir”, — degan YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon Makgregor.

    Mavzuga doir:

    • Toshkentda 2021-yilda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning 100 foizi bog‘chaga qamrab olinadi
    • O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun 100 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratiladi
    • O‘zbekistonda 22 ta bog‘cha, 31 ta maktab va 16 ta OTM quriladi

    27.01.2021, 06:07   Izoh (0)   12380
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda aholi orasida Chegara qo‘shinlariga ko‘maklashuvchi otryadlar tashkil etiladi

    27.01.2021, 01:26

    “Hokimimiz atrofidagi homiylarga ishonib, marrani katta oldi” – deputat namunali mahalla raislariga 50 ta Spark’ning qay tartibda berilishi haqida

    27.01.2021, 00:27

    Xorazmda fuqaro o‘zini baland binodan tashlamoqchi bo‘ldi. Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    27.01.2021, 00:12

    O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 2020-yilda 1,6 foizga o‘sdi

    26.01.2021, 23:42

    O‘zbekistonda Tracker’ning yangi avlodi bir kunda sotilib ketdi

    26.01.2021, 23:11

    O‘zbekistonda vaksina sinovida qatnashishni istagan ko‘ngillilar soni 10 ming nafardan oshdi

    26.01.2021, 22:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.