• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hokimimiz atrofidagi homiylarga ishonib, marrani katta oldi” – deputat namunali mahalla raislariga 50 ta Spark’ning qay tartibda berilishi haqida

    Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 19-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan 31-sessiyasida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev namunaviy deb topilgan poytaxtdagi 50 ta eng yaxshi mahalla raisining har biriga homiylar tomonidan 50 ta Spark avtomobili berilishini ma’lum qilgandi. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqardi.

    Toshkent shahar hokimligida 21-yanvar kuni o‘tkazilgan Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 31-sessiyasi natijalari hamda joriy yil rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida avtomashinaga munosib 50 ta mahalla raisi qay tartibda aniqlanishi yuzasidan tushuntirish berildi, deya xabar qilmoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

    Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Kattaqorasuv” MFY raisi, xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati Naima Jabborovaning aytishicha, avtomobilga munosib MFYlar tanlab olinayotganida, u yerda yashovchi aholining fikri ham o‘rganiladi.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

    Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

    “Men komissiyaga hamma raqamlarimni chiroyli qilib topshirishim mumkin. Lekin bu ko‘rik-tanlovga o‘xshagan. Yuqoridan pastga tushib, aholidan raising kim, qanaqa, deb ularning ham fikrini so‘rashadi. Mahallaning faqat qog‘ozdagi ko‘rsatkichi emas, amalda qanday ish olib boryapti, mahallada urf-odatlar qanday rivojlanyapti, salohiyati bormi, bolalar mahalla nima ekanligini tushunadimi, yo‘qmi, shu taraflarga ham qaraladi. Bu borada korrupsiya, tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Hozir “Men yoki falonchi rais mashina oladi”, deb aytolmayman. Chunki bu juda ham qiyin jarayon.

    Hokimimiz bu borada nizom ishlab chiqilishini aytdi. Har bir tuman komissiyasi o‘z nomzodlarini ko‘rsatganidan keyin shahar komissiyasi nizom asosida ularning ishini chuqur o‘rganadi. Komissiya tarkibida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassislari bo‘ladi. Agar mashina faoliyati qoniqarsiz mahallaga berilsa va bu xabar OAVda e’lon qilinsa, o‘sha hudud aholisi bundan xabar topib, albatta, norozilik bildiradi. To‘g‘ri, besh qo‘l barobar emas. Saylov paytida hamma raislar yuz foiz shaffoflik bilan saylandi, deb ayta olmaymiz. Xalq o‘zi xohlagan odamni saylamagan ham bo‘lishi mumkin. Lekin avtomashinalar eng namunali, haqiqatan mahalla raisi, degan lavozimga munosiblarga beriladi”, — dedi Naima Jabborova.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

    Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

    Matbuot anjumanidan keyin OAV vakillari mazkur masala bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan yana bir qancha savollarga Naima Jabborovadan javob olishdi.

    Deputatning ta’kidlashicha, poytaxt hokimining ushbu tashabbusi MFY vakillariga motivatsiya berib, ularni yanada faol ishlashga undaydi.

    “Avtomashina berish jarayoni adolatli bo‘ladi. Chunki homiy bir narsani berayotganidan keyin uni tekshirib, ishonch hosil qiladi, narsasi joyiga yetib borishini istaydi. Buni davlat tekshirolmaydi, homiyning o‘zi tekshiradi. Mashinaga munosiblarni aniqlash jarayoni juda ham qiyin masala. To‘g‘ri, hokimimiz tashabbus bilan chiqdi, lekin buni amalga oshirilishi juda murakkab kechadi. Agar mazkur jarayonda noto‘g‘ri harakatlar kuzatilsa, to‘polon ko‘tariladi. Shuning uchun to‘g‘ri va adolatli hal etishga harakat qilinadi. Mendan ham yaxshi raislar bor, mening hududimdan ham a’lo mahallalar bo‘lishi mumkin. Mashina o‘sha a’lolarning a’losiga berilishi kerak. Bu MFY vakillariga motivatsiya beradi, yanada yaxshi ishlashga undaydi.

    Nazarimda, hokimimiz mahalla raislarini uyg‘otish uchun shu tashabbus bilan chiqdi. Ochig‘ini aytish kerak, ko‘p joylarda ishlar uxlab yotibdi, hamma joyda bir xil ishlar qilinayotgani yo‘q. Lekin endi ko‘pchilik yaxshi ishlayapti. Oxirgi ikki yil ichida siljish bor. Nima uchun? Chunki mahallalar va raislarga nisbatan talab ham bor, e’tibor ham bor”, — dedi deputat.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

    Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

    “Kattaqorasuv” MFY raisining ta’kidlashicha, avtomashinalarning hammasi homiylar ko‘magi bilan xarid qilinib, eng munosib MFYlarga beriladi.

    “Ochig‘ini aytaman, hokimimiz juda baland marrani oldi. Demak, ularning atrofida homiylar borki, o‘shalarga ishonib, marrani katta oldi. Ular qisqa muddatda atrofiga shunday yelkadoshlarni oldiki, mahalla uchun. Tadbirkorlar ham nimaga yordam beryapti, bilasizmi, mana pandemiya paytini eslang. Prezidentimiz tadbirkorlarga ‘yordam beringlar’, deb murojaat qildi. Tadbirkorlarning hammasi ‘labbay’ deb, kimdir dori olib berdi, kimdir boshqa yordam ko‘rsatdi. Bularning boshida Prezidentimiz turibdi. Davlatimiz rahbari tadbirkorlikni rivojlantirishga katta kuch yo‘naltiryapti, ularga katta e’tibor qaratyapti, tadbirkorlar ham shunga javoban davlatimizga yordam beryapti. Qars ikki qo‘ldan chiqadi”, — dedi Jabborova.

    Mavzuga doir:

    • Toshkent shahridagi 524 ta MFYga ajratiladigan 26,2 mlrd so‘mning qanday tartibda sarflanishi ma’lum qilindi
    • “Hokimning tashabbusi yorug‘ kun paytida momaqaldiroq urgandek bo‘ldi” – mahalla raisi Jahongir Ortiqxo‘jayevning MFYlarga nisbatan e’tibori haqida
    • “To‘g‘risi, ularga havasim kelyapti”. Rasul Kusherbayev Toshkent shahar Kengashidagi har bir deputat ixtiyoriga 2 mlrd so‘mdan berilishi haqida
    • “Xohlasa haydaydi, xohlasa sotib yuboradi”. Jahongir Ortiqxo‘jayev eng namunali mahalla raislariga beriladigan 50 ta Spark haqida

    27.01.2021, 00:27   Izoh (0)   21839
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazmda fuqaro o‘zini baland binodan tashlamoqchi bo‘ldi. Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    27.01.2021, 00:12

    O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 2020-yilda 1,6 foizga o‘sdi

    26.01.2021, 23:42

    O‘zbekistonda Tracker’ning yangi avlodi bir kunda sotilib ketdi

    26.01.2021, 23:11

    O‘zbekistonda vaksina sinovida qatnashishni istagan ko‘ngillilar soni 10 ming nafardan oshdi

    26.01.2021, 22:25

    Shavkat Mirziyoyev: “Ayol kishi rahbar bo‘lsa, xursand bo‘laman”

    26.01.2021, 22:10

    Toshkent–Olot–Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi

    26.01.2021, 21:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.