Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ish qidirayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qilib, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan Rossiyaning “PIK-Industriya” AJ va “TexStroy” MChJ korxonalarida O‘zbekiston fuqarolarini vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy tartibda jalb qilish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan.

Unga ko‘ra 2020-yilning noyabr va 2021-yilning yanvar oylarida olingan talabnomalarga asosan ushbu korxonalarda hozirda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari mavjud:

“PIK-Industriya” AJ — 2150 kishi

G‘isht teruvchi

  • ishchilar soni – 150 nafar
  • ish haqi 70—100 ming rubl atrofida
  • yoshi 20—55 gacha

Elektromontajchi

  • ishchilar soni – 100 nafar
  • ish haqi 60—90 ming rubl atrofida
  • yoshi 20—55 gacha

Elektr va elektr-gaz payvandchi

  • ishchilar soni – 200 nafar
  • ish haqi 60—90 ming rubl atrofida
  • yoshi 20—55 gacha

Slesar-santexnik

  • ishchilar soni – 400 nafar
  • ish haqi 60—90 ming rubl atrofida
  • yoshi 20—55 gacha

Armaturachi

  • ishchilar soni – 200 nafar
  • ish haqi 70—100 ming rubl atrofida
  • yoshi 18—50 gacha

Betonchi

  • ishchilar soni – 200 nafar
  • ish haqi 50—60 ming rubl atrofida
  • yoshi 18—50 gacha

Ventilyatsiya tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha montajchi

  • ishchilar soni – 200 nafar
  • ish haqi 70—100 ming rubl atrofida
  • yoshi 18—50 gacha

Po‘lat va temir-beton tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha montajchi

  • ishchilar soni – 100 nafar
  • ish haqi 70—100 ming rubl atrofida
  • yoshi 18—50 gacha

Yoritish konstruksiyalarini o‘rnatish bo‘yicha montajchi

  • ishchilar soni – 200 nafar
  • ish haqi 70—100 ming rubl atrofida
  • yoshi 18—50 gacha

Ichki pardozlash mutaxassisi

  • ishchilar soni – 100 nafar
  • ish haqi 70—100 ming rubl atrofida
  • yoshi 18—50 gacha

Duradgor

  • ishchilar soni – 150 nafar
  • ish haqi 70—100 ming rubl atrofida
  • yoshi 18—50 gacha

Qoliplovchi

  • ishchilar soni – 150 nafar
  • ish haqi 70—100 ming rubl atrofida
  • yoshi 18—50 gacha

“TexStroy” MChJ — 1810 kishi

Kafelchi

  • ishchilar soni – 205 nafar
  • ish haqi 50—105 ming rubl atrofida
  • yoshi 18—45 gacha

Duradgor

  • ishchilar soni – 380 nafar
  • ish haqi 50—85 ming rubl atrofida
  • yoshi 18—45 gacha.

G‘isht teruvchi

  • ishchilar soni – 20 nafar
  • ish haqi 50—85 ming rubl atrofida
  • yoshi 18—45 gacha

Suvoqchi-bo‘yoqchi

  • ishchilar soni – 750 nafar
  • ish haqi 50—105 ming rubl atrofida
  • yoshi 18—45 gacha.

Slesar-santexnik

  • ishchilar soni – 70 nafar
  • ish haqi 50—85 ming rubl atrofida
  • yoshi 18—50 gacha

Gipsokarton ishlari

  • ishchilar soni – 350 nafar
  • ish haqi 50—85 ming rubl atrofida
  • yoshi 18—45 gacha

Brigadir

  • ishchilar soni – 35 nafar;
  • ish haqi 50—85 ming rubl atrofida
  • yoshi 35—50 gacha

Ish beruvchi korxonalarda ish vaqti davomiyligi quyidagicha:

“PIK-Industriya” haftasiga 5 ish kuni (8 soatdan), 6 ish kuni (8 soatdan), dam olish kuni o‘zgaruvchan grafik asosida, 2/2 grafikli ish haftasi 11 soatdan, vaxta (15/15 yoki 30/30 6/1 11 soatdan) soat 8 dan 17 gacha yoki 8 dan 20 gacha.

“TexStroy” haftasiga 5 ish kuni (8 soatdan) dushanbadan jumagacha, dam olish kunlari — shanba, yakshanba.

Bundan tashqari, patentni rasmiylashtirish (keyinchalik oylik maoshidan ushlab qolish sharti bilan), koronavirus bilan kasallangan taqdirda davolash xarajatlarini hamda birinchi oylik maoshini olgunga qadar uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlashni korxonalar o‘z zimmasiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya IIV mamlakatda migrantlar soni kamayib ketganini ma’lum qilgandi. 2020-yil dekabr oyining o‘rtalarida Rossiya Qurilish vazirligi mehnat muhojirlarining mamlakatga kirishini soddalashtirish taklifi bilan chiqqandi. Mamlakat prezidenti Vladimir Putin Rossiya qurilish ishlariga mehnat migrantlarini jalb qilishni soddalashtirishga ko‘rsatma berdi.