Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov (29-0) ikki divizion sobiq chempioni Konor Makgergorga (22-4) qarshi kechgan jangda yo‘l qo‘ygan xatosini yodga oldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Bu yigitga og‘riq berishni xohlagandim, mening xatom shunda. Jahling chiqar ekan, sen charchashni boshlaysan. Men uni jazolashga intildim, biroq bu juda ehtirosli kechdi. Ayrim pallada o‘zimni bosib olishim kerakligi haqida o‘yladim, biroq keyinchalik o‘zimga aytdim: “bu safar emas”.

Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi

Eslatib o‘tamiz, Habib va Konor 2018-yilning 6-oktabrida UFC 229 musobaqasida o‘zaro to‘qnash kelgan. Unda rossiyalik yakkakurashchi to‘rtinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab, raqibini taslim etgandi. Jangdan keyin Habib ehtiroslarini jilovlay olmagan va irlandiyalik sportchi jamoasi vakillaridan biri bilan janjallashib ketgandi.

Makgregor Toshkent vaqti bilan 24-yanvar tongida UFC 257 musobaqasining asosiy jangida Dastin Poryega qarshi oktagonga ko‘tariladi. Musobaqa Toshkent vaqti bilan 05:00 da boshlanadi. Asosiy kard janglari esa 08:00 da boshlanishi (avvalgi janglar qanday yakunlanishiga qarab o‘zgarishi mumkin) rejalashtirilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi