• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12712.05
    • RUB161.1
    • EUR14524.79
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Apennin yarimoroli javohirlari. Italiyaning ayni damdagi eng qimmat futbolchilari haqida

    So‘nggi yillarda Italiya futboli asta-sekin avvalgi darajasini tiklab bormoqda. Ayniqsa, Milan klublarining yetakchiligi va bosh sovrindan tobora uzoqlashayotgan “Yuventus”ning ishtiroki bilan yodda qolayotgan A Seriyaning 2020/21-yilgi mavsumi anchagina qizg‘in ko‘rinish olmoqda. Italiya futboli turli davrlarni boshdan kechirdi, ammo maktab va akademiyalar yetuk futbolchilarni yetishtirishdan to‘xtagani yo‘q. Ularning ko‘plari allaqachon yulduzga aylangan yoki bu maqomga juda yaqin turibdi. Demak, quyida Italiyaning ayni paytdagi eng qimmat futbolchilari haqida fikr yuritiladi.

    Andrea Belotti

    Klubi: “Torino”

    Transfer narxi: 40 million yevro

    Foto: La Stampa

    Foto: La Stampa

    Belotti Italiya futbolining bir nechta akademiyalarida tahsil olishga ulgurgan. 2015-yilda “Torino” uni “Palermo” yoshlar jamoasidan sotib oladi. Bu vaqt ichida hujumchi o‘ziga sarflangan 8,4 million yevroni to‘liq oqladi. U “buqalar” safida o‘tkazgan besh mavsumining to‘rttasida jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylangan. Shu bilan birga Belotti Turin klubi bilan hali hech qanday sovringa ega chiqmagan. Payqash mumkinki, 27 yoshli forvard bir necha yil davomida “Torino” darajasidan oshib ketdi. Har yili boshqa shahar va mamlakat jamoalari futbolchining xizmatlariga qiziqish bildiradi, ammo Belottiga “buqalar” safini tark etish nasib etmayapti.

    Chiro Immobile

    Klubi: “Latsio”

    Transfer narxi: 45 million yevro

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Chiro anchagina murakkab bo‘lgan futbol hayotini boshidan kechirgan. Immobile ham vatani, ham uning tashqarisida bir qancha klublarda o‘ynagan va faqat “Latsio”dagina qo‘nim topgan. Forvard biroz kech, 30 yoshga yaqin ochildi. Ammo hechdan ko‘ra kech deganlaridek, afsuslanishga hojat yo‘q. 2019/20-yilgi mavsum italiyalik uchun faoliyatidagi eng omadlisi bo‘ladi. U A Seriyaning eng yaxshi to‘purari deb topildi. “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritdi va “burgutlar”ning 12 yil ichida ilk marta Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘l olishida yordam berdi. Katta ehtimol bilan Chiro 5 yillardan so‘ng aynan Rim klubida faoliyatini yakunlasa kerak.

    Mavzuga doir: Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan ko‘proq gol urgan “darbadar” qirol — Chiro Immobile haqida

    Nikolo Zaniolo

    Klubi: “Roma”

    Transfer narxi: 45 million yevro

    Foto: FootBoom

    Foto: FootBoom

    Zaniolo – Italiyaning eng yaxshi yosh futbolchilaridan biri hisoblanadi. Nikolo yoshligida “Jenoa”, “Fiorentina” akademiyalari va “Inter”ning yoshlar jamoasida to‘p tepgan. 2018-yil iyul oyidan buyon 21 yoshli hujumkor yarim himoyachi “Roma”da o‘ynamoqda. Zaniologa Rim va, umuman, Italiyada katta umidlar bog‘langan. Ammo yigitchaning porloq kelajagi xavf ostida qolmoqda. Bir yil ichida futbolchi har ikkala tizzasidan jiddiy jarohat (tizzaning tutashgan suyaklari yorilishi) oldi. To‘g‘ri, italiyalik hali yosh, ammo bu kabi jiddiy jarohatlar iz qoldirmay qo‘ymaydi.

    Lorenso Insinye

    Klubi: “Napoli”

    Transfer narxi: 48 million yevro

    Foto: Sportbox

    Foto: Sportbox

    Insinye “Napoli” akademiyasi bituvchisi sanaladi. U mana 8 yildirki, qadrdon jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda va hatto sardorlik bog‘ichigacha yetib keldi. 29 yoshli Lorenso neapolliklar bilan birga unchalik ko‘p sovrin qo‘lga kiritmagan – 2 bor Italiya Kubogi va bir marta mamlakat Superkubogida zafar quchgan. Ammo u klub lagerida hurmatga sazovor shaxs hisoblanadi va jamoa muxlislari uni Maradonaning merosxo‘ri deb ataydi. Lorensoning keyingi faoliyati qanday kechmasin, u Neapolda doimo obro‘li inson bo‘lib qolaveradi.

    Federiko Kyeza

    Klubi: “Yuventus” (ijarada)

    Transfer narxi: 48 million yevro

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Fiorentina” tarbiyalanuvchisi o‘z vaqtida klubini tark etib, “Yuventus”ga ikki yillik ijaraga o‘tdi. “Binafsharanglar” nursiz o‘yin ko‘rsatayotgan bir vaqtda Kyeza o‘zining nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatmoqda. 2020/21-yilgi mavsumda 23 yoshli vinger “keksa sinyora”ga bir nechta o‘yinlarda g‘alaba keltirdi va shu bilan Andrea Pirloni ayovsiz tanqidlardan qutqarib qoldi. Shuningdek, Federiko hozirga qadar Italiya terma jamoasi safida ham 21 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Turinliklar Kyezani sotib olishga harakat qilib ko‘rishi aniq, ammo bu arzonga tushmasligi aniq. “Fiorentina” prezidenti Rokko Komisso o‘z futbolchilarini qadrlashni biladi. Ehtimol, shuning uchun ham u A Seriya klublari egalari orasida eng boyi bo‘lsa kerak.

    Jorjinyo

    Klubi: “Chelsi”

    Transfer narxi: 50 million yevro

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Jorjinyo – Mauritsio Sarrining sevimli futbolchilaridan biri hisoblanadi. Mutaxassis “Chelsi” boshqaruviga kelgach, “Napoli”da 3 yil shug‘ullantirgan vatandoshini jamoaga olib keladi. “Yuventus”da ish boshlaganidan so‘ng ham Sarri yana Jorjinyoni o‘z jamoasiga jalb qilishga urindi, ammo bu safar hech narsa o‘xshamadi. Shundan keyin bir muncha vaqt futbolchining “ko‘klar” lageridagi taqdiri so‘roq ostida qoldi. Ammo hozir 29 yoshli yarim himoyachi Londonda o‘zining uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Bu vaqt ichida u jamoa bilan birga Yevropa Ligasida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi (Sarri boshchiligida). Sarri “Yuventus”dan bo‘shatilganidan so‘ng esa Jorjinyoning atrofidagi mish-mishlar ham to‘xtadi.

    Alessandro Bastoni

    Klubi: “Inter”

    Transfer narxi: 50 million yevro

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Bastoni “Inter”da 2017-yilning avgustidan beri o‘ynab keladi. “Neradzurri” yosh himoyachini “Atalanta”dan 31 million yevroga sotib oladi. Avvaliga futbolchi qator klublarda ijara asosida sayohat qilishga majbur bo‘ldi, ammo hozir u Milan klubining barqaror o‘yinchisiga aylangan. 21 yoshli markaziy himoyachiga boshqa klublar, jumladan, “Manchester Siti” ham qiziqish bildira boshladi. Ushbu qiziqishlar fonida “Inter” tezda italiyalik uchun yangi shartnoma taklif qildi va yaqin orada uning imzolanishi kutilmoqda. Antonio Kontening jamoasida asosiy himoyachi bo‘lish – jiddiy maqom bo‘lib, bundan voz kechish unchalik oson emas.

    Nikolo Barella

    Klubi: “Inter”

    Transfer narxi: 55 million yevro

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Barella – qat’iyat va o‘z ustida tinmay ishlashning yorqin namunasidir. Afsuski, yosh futbolchilar orasida bundaylarning soni unchalik ham ko‘p emas. Nikolo yoshligidan “Inter”da o‘ynashni orzu qilib kelgan, futbolchida bunday imkoniyat 2019-yilning iyulida paydo bo‘ladi. O‘shanda “neradzurri” uni “Kalyari”dan 1 mavsumga ijaraga olgandi. Barella Kontedek injiq va takabbur murabbiyni shu daraja hayratda qoldirdiki, “qora-ko‘klar” italiyalikning transferiga 28 million yevro sarflashdi. “Inter” 23 yoshli yarim himoyachiga katta umidlar bog‘lagan, ayniqsa, Kristian Eriksenning omadsiz transferidan so‘ng. Nikolo esa milanliklar unga bejiz ishonmaganini har bir uchrashuvda isbotlab keladi.

    Marko Verratti

    Klubi: PSJ

    Transfer narxi: 60 million yevro

    Foto: Bleacher Report

    Foto: Bleacher Report

    Verratti Italiyada faqat o‘zi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan “Peskara”da o‘ynagan, xolos. 2012-yil iyul oyida PSJ futbolchini 12 million yevroga sotib oladi.O‘shandan beri Marko parijliklar safida to‘p surib keladi. 2019-yil yozida Italiya klublari futbolchiga qiziqish bildirdi. Ammo u Fransiya poytaxtida qolishga qaror qildi va Liga 1 chempioni bilan shartnomasini 2024-yilning iyunigacha uzaytirdi. Parijda 28 yoshli yarim himoyachini hamma narsa qoniqtiradi. PSJda o‘tkazgan 8 mavsum davomida Verratti bir necha bor Fransiyada yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Ammo Chempionlar Ligasi hamon Veratti bilan birgalikda butun Parij uchun orzu bo‘lib qolmoqda.

    Janluiji Donnarumma

    Klubi: “Milan”

    Transfer narxi: 60 million yevro

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Qizig‘i shundaki, hozirda eng qimmat italiyalik ikki futbolchidan biri bu darvozabondir. Bundan tashqari Donnarumma Yevropaning kamida eng yaxshi besh nafar darvozabonidan biri hisoblanadi. Zlatan Ibragimovich va Roberto Manchini esa uni dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb biladi. Buffonning adashi atigi 21 yoshda bo‘lishiga qaramay, allaqachon milanliklarning asosiy darvozaboni sifatida o‘zining oltinchi mavsumida qatnashmoqda va 80 ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Biroq klub rahbariyati hozirda u bilan shartnomani uzaytirish jarayonini nima sababdan kechiktirayotgani tushunarsiz. Yozda Donnarumma erkin agentga aylanadi, bunday futbolchini tekinga yo‘qotish esa katta ahmoqlik bilan barobar. Tomonlarda barcha jihatlarni kelishib olish va birgalikda Chempionlar Ligasiga qadam qo‘yish uchun bir necha oy bor, xolos.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    23.01.2021, 12:01   Izoh (0)   18290
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Krishtianu Ronalduning hashamatli saroylari, qimmatbaho mashinalari, shaxsiy samolyot va biznes imperiyasi haqida

    23.01.2021, 11:00

    “Kimlar bilan jang qilib yurganingni gapirmay, ringda gaplashamiz!”. Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov Instagram’da o‘zaro gap talashdi

    23.01.2021, 10:03

    Bundesliga. “Borussiya D” 6 ta gol urilgan o‘yinda Myunxengladbaxning “Borussiya”siga mag‘lub bo‘ldi

    23.01.2021, 07:53

    Liga 1. PSJ Mbappe, Neymar va Ikardining gollari evazida yirik hisobda g‘alaba qozondi

    23.01.2021, 07:36

    UFC 257 vazn o‘lchash marosimi: Konor Poryedan yengilroq chiqdi, Mahmud Murodov me’yorni bajara oldi

    22.01.2021, 23:35

    “Real Madrid” La Liga 2-davrasidagi ilk o‘yin uchun qaydnomani e’lon qildi. Tarkibda Serxio Ramos va yana 5 futbolchi yo‘q

    22.01.2021, 22:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Erdo‘g‘onning sog‘lig‘i yomonligi haqidagi da’volar rad etildi

    Dunyo | 10 iyun, 00:27

    Rossiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berildi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 9-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 9 iyun, 23:38

    Tramp Kaliforniya gubernatorini hibsga olishga ruxsat berishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 9 iyun, 23:30

    Italiyada ishxonasidan 150 ming yevrolik oltinni sochiga yashirib olib chiqqan erkak ushlandi

    Dunyo | 9 iyun, 23:15

    Kaliforniya gubernatori Trampni sudga berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 9 iyun, 23:05

    Saida Mirziyoyeva Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 23:00

    Navoiyga 42 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 22:50

    Meksika prezidenti Los-Anjelesdagi tartibsizliklarni qoraladi

    Dunyo | 9 iyun, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.