Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 19-turida “Arsenal” 18-yanvar, dushanba kuni “Nyukasl”ni qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi londonliklarning ustunligi ostida o‘tdi, biroq Mikel Arteta shogirdlari tanaffusga qadar raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.
Ikkinchi bo‘limda “kanonirlar” uchta to‘p kiritishga erishdi. Pyer-Emerik Obameyang dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Bukayo Saka mualliflik qildi.
19-turga kelib musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:
APL
19-tur bahsi
18-yanvar, dushanba
“Arsenal” — “Nyukasl” 3:0
Gollar: 1:0 – 50 Obameyang, 2:0 – 60 Saka, 3:0 – 77 Obameyang.“Arsenal”: Leno, Holding, Soaresh, David Luiz, Tirni, Smit-Rou (Martinelli, 82), Parti (an-Nenni, 67), Jaka, Saka, Lyakazett, Obameyang (Villian, 79).
“Nyukasl”: Darlou, Lassels, Kraft, Lyuis, Klark, Shelvi, Longstaff (Hendrik, 78), Almiron (Anderson, 87), Kerroll (Myorfi, 69), Uilson, Joelinton.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)