• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Eskirmaydigan savol: Ronaldu zo‘rmi yoki Messi?

    Millionlar o‘yini bo‘lmish futbol haqida eshitgan, bilgan va o‘ynagan istalgan odamni eskirmaydigan bir savol qiziqtirib keladi: Krishtianu Ronaldu zo‘rmi yoki Lionel Messi? Bunda har ikkala futbolchining personal muxlislari ma’lum o‘yinchining foydasiga tanlov qilsa, mutaxassis hamda ekspertlar ularni bir-biri bilan taqqoslamaslik zarurligini ta’kidlaydi. Shundan kelib chiqib, quyida nima uchun Messi va Ronalduni taqqoslamaslik kerakligi sabablariga to‘xtalib o‘tiladi.

    Messi va Ronaldu maydonda turli pozitsiyalarda o‘ynaydi

    Kollaj: “Daryo”

    Kollaj: “Daryo”

    Agar o‘yinchilar xolisona taqqoslaganda ham, ularning turli pozitsiyalarda o‘ynashi bunga imkon bermaydi. Messi maydonda erkin ijodkor bo‘lib, ma’lum bir vazifa bilan cheklanmaydi, u qanotda ham hujum ortida ham birdek foydali o‘ynashi mumkin. Ronaldu esa vaziyatlarni yakunlaydigan haqiqiy vahshiy. Aynan golli vaziyatlarni yakunlash bo‘yicha Ronaldu so‘nggi yillarda dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylandi. Ronaldu va Messi o‘rtasidagi taqqoslashni qabul qilish uchun hech bo‘lmaganda portugaliyalik “Manchester Yunayted”dagi dastlabki yillarida bo‘lgani kabi qanotda o‘ynashi kerak edi.

    Ronaldu va Messining maydondagi vazifalari turlicha

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Turli xil pozitsiyalarda o‘ynash tabiiyki, Ronaldu va Messining maydondagi vazifalarini ham belgilab beradi. Murabbiylar ulardan turli maqsadlar yo‘lida foydalanadi, Andrea Pirlo portugaliyalikni yuqorida ta’kidlanganidek, vaziyatlarni yakunlashda foydalanadi. Messidan esa ajoyib uzatmalar, zarbalar berish va o‘yinni nazorat qilish talab qilinadi. Bu borada Messining o‘zi shunday degandi: “Ronaldu — yakunlovchi, men esa o‘yinni qurish bilan shug‘ullanaman!”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Messi va Ronalduni taqqoslash hech qaysi tomonning g‘alabasi bilan yakunlanmaydi

    Odatda taqqoslashlar eng yaxshisini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Shu mantiqqa asoslanib aytilsa, u yoki bu qarama-qarshilikda kimdir (yoki nimadir) g‘alaba qozonishi kerak. Biroq Messi va Ronalduning holatida bu imkonsiz ish, chunki butun dunyodagi odamlarning ikki afsonadan birining foydasiga tanlov qilishi ehtimoldan ancha yiroq.

    Muxlislar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar futbolga zarar keltiradi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Qanchalik g‘alati eshitilmasin, Messi va Ronaldu o‘rtasidagi sun’iy ravishda kelib chiqqan raqobat dunyo futboliga zarar keltiradi: har kuni millionlab insonlar shu ikki futbolchidan birining yaxshiroq ekanini isbotlash uchun bir-birlari bilan bahslashadi, tortishadi, hatto haqorat qilishgacha ham boradi. Ehtimol, dunyoda biron bir taqqoslash bu darajaga yetib bormagan bo‘lsa kerak. Lekin har sohada bo‘lgani kabi futbolda ham insoniylik birinchi o‘rinda turishi kerak. Shunday ekan, Messi va Ronalduni taqqoslashni to‘xtatish vaqti yetdi.

    Futbol kamsitish va haqorat emas, balki zavq ulashishi kerak

    Futbol birinchi navbatda hissiyotlardan iboratdir, aynan shuning uchun ham ko‘pchilik ushbu sport turi bilan shug‘ullanadi, o‘ynaydi, tomosha qiladi. Va aynan shuning uchun tunlar bedor o‘tkaziladi, g‘alabalar va “kambek”lar olam-olam quvonch bag‘ishlasa, mag‘lubiyatlardan ko‘zlar yoshlarga to‘ladi. Messi va Ronaldu holatida ham shunday bo‘lishi kerak, aslida. Har hafta Messining jarima zarbalari yoki Ronalduning ikki metr balandlikdan urgan gollari, driblinglar, paslar, yangi rekordlarni ko‘rish qanday yoqimli. Shunday ekan, kim zo‘r ekani haqida bahslashish yoki janjallashgandan ko‘ra shunchaki ularning o‘yinidan zavq olish lozim. Boisi bu darajadagi futbolchilarning yana yetishib chiqishi ehtimoli kam.

    Boshqa maqolalar: 

    • “Jenoa” A Seriyada xavfli zonadan chiqib oldi. Jamoa muvaffaqiyatlari siri nimada?
    • Buffondan Ronaldogacha. Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqa olmagan yulduzlar
    • Biri uy tomining, biri esa suvning ustida. Noodatiy joylarda barpo etilgan stadionlar (foto)

    14.01.2021, 23:53   Izoh (0)   25048
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bektemir Meliqo‘ziyev va Sergey Kovalyov o‘rtasidagi jang bekor qilinishi mumkin. Rossiyalik bokschidan doping topildi

    14.01.2021, 23:19

    “Barselona” prezidentligi uchun kurashadigan uch nomzod rasman tasdiqlandi

    14.01.2021, 22:33

    Bektemir Meliqo‘ziyev va Sergey Kovalyov o‘rtasidagi jang “Lujniki” stadionida o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

    14.01.2021, 21:46

    “Ufa” Oston O‘runovni ijaraga olish borasida taklif bilan chiqdi. “Spartak” futbolchini sotishni istamoqda

    14.01.2021, 21:17

    Rasman: “Real” hujumchisi Luka Yovich “Ayntraxt”ga qaytdi

    14.01.2021, 19:46

    Belgiya futbolining 125 yillik tarixidagi eng mashhur shaxs aniqlandi

    14.01.2021, 19:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.