“Barselona” klub prezidentligiga da’vogarlar ro‘yxatini tasdiqladi.
Rasman Joan Laporta, Viktor Font va Toni Freysha klub prezidentligi uchun kurash olib boradi. Dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan Emili Russo esa arizasini qaytarib olgan.
Ma’lumot uchun, Laporta prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yish yo‘lidagi dastlabki so‘rovlarda klub vakillarining 9625 ta imzosini to‘plagan. Bu ko‘rsatkich Fontda 4431 ga teng bo‘lsa, Freysha 2634 imzo yig‘gan.
15-yanvardan nomzodlar saylov oldi kampaniyasini boshlaydi. Saylov 24-yanvar kuni o‘tkaziladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)