Toshkentning Bektemir tumanida Qirg‘iziston fuqarosi boshqaruvida bo‘lgan Toyota Land Cruiser Lacetti’ga urilib, yo‘l-tansport xodisasini sodir etdi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 12-yanvar kuni soat 21:35 larda Bektemir tumanidagi “Sharq” YPX posti yaqinida 32 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi Samit A. o‘zining boshqaruvidagi Toyota Land Cruiser’da avariyaga uchragan.

Qayd etilishicha, u avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, 55 yoshli Beknazarov R. boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etgan, so‘ng beton to‘siqqa urilgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, YTHga Toyota haydovchisining rulda uxlab qolgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

YTH natijasida yo‘lovchi — Samarqand viloyatida tug‘ilgan 25 yoshli Gulsara A. tan jarohati olib, tibbiy muassasaga joylashtirilgan.

Avvalroq Toshkentda masofa saqlamaslik oqibatida 5 ta avtomobil to‘qnashgani, Yunusobod tumanida Malibu yo‘l chetida to‘xtab turgan ikkita Lacetti’ga urilib, ag‘darilib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.