Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri Yunusobod tumanida Malibu haydovchisi ikkita Lacetti’ga urilib, ag‘darilib ketdi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lumotlarga ko‘ra, 13-yanvar kuni soat 10:00 larda Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasida 2000-yilda tug‘ilgan B.M. boshqaruvidagi Malibu ushbu ko‘chada joylashgan korxona ro‘parasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan. Avtomobil yo‘l chetida to‘xtab turgan ikkita Lacetti’ga urilib, ag‘darilib ketgan.

Ta’kidlanishicha, YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Avvalroq Toshkentda boshqaruvni yo‘qotgan YPX xodimi xizmat Lacetti’sini daraxtga borib urgani, poytaxtning Abdulla Qodiriy ko‘chasida Malibu daraxtga urilib, yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Baxtli tasodiflar: Yulduzli juftliklar qayerda va qanday tanishgan?
Mahalliy
Ekologik partiya prezidentlikka nomzod sifatida Abdushukur Hamzayevni va uning dasturini ma’qulladi
Sport
Lionel Messi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin