Farg‘onada 23 yoshli yigit rulda uxlab qolib piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi
Farg‘ona viloyatida haydovchilik guvohnomasi yo‘q yigit rulda uxlab qolishi oqibatida piyodani urib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.
Qayd etilishicha, 2020-yilning 15-sentabr kuni soat 06:30 larda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani “Jalayer” MFY hududidan o‘tgan A-373B avtomobil yo‘lining 35-kilometrida haydovchi, 1997-yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan S.Sh. VAZ-21063 rusumli avtomobilda me’yoriy hujjatlarsiz harakatlanayotib, boshqaruv vaqtida uxlab qolgan.
Oqibatida yo‘lning chap tomon chetida to‘xtab turgan piyoda, 1976-yilda tug‘ilgan D.Sh.ni urib yuborgan.
Natijada piyoda, 44-yoshli D.Sh. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir: