Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) XXI asrda milliy ligalarda eng ko‘p gol urgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Unda 2001-yildan 2020-yilgacha bo‘lgan vaqtda urilgan gollar inobatga olindi. Reytingni “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu (462 ta gol) boshqarib bormoqda.
“Barselona” forvardi Lionel Messi esa ikkinchi o‘ringa joylashgan bo‘lib, uning hisobida 451 ta gol bor. Kuchli uchlikni “Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich (379) yakunlab bergan.
Qayd etish joiz, ro‘yxatdan XXI asrda 200 va undan ortiq gol urgan 58 nafar o‘yinchi joy oldi. XX asrdagi urgan gollar bilan qo‘shib hisoblanganda bunday futbolchilar soni 78 nafarni tashkil qildi.
E’tiborlisi, mazkur reytingdan o‘zbekistonlik ikki futbolchi o‘rin oldi. Anvar Berdiyev 65-o‘rinda qayd etildi, u jami 225 ta gol urgan (XX asrda 61, XXI asrda 164). Zafar Xolmurodov esa 200 ta goli bilan (49, 151) 78 futbolchidan iborat reytingga yakun yasagan.
Top-10 lik bilan tanishing:
- Krishtianu Ronaldu — 462 ta gol
- Lionel Messi — 451
- Zlatan Ibragimovich — 379
- Luis Suares — 332
- Aleksandar Jurich — 304
- Ali Ashfak — 287
- Robert Levandovski — 285
- Samyuel Eto′O — 282
- David Vilya — 280
- Martin Kamburov — 278
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)