• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Agar shu ketishda davom etsa men ham shaxmat federatsiyamni o‘zgartiraman”. O‘zbekiston tarixidagi eng yosh grossmeyster Javohir Sindorov tushunarsiz taqiqlar va federatsiyaning e’tiborsizligi haqida (video)

    Javohir Sindorov — bu ism-sharifni juda ko‘pchilik eshitgan bo‘lishi mumkin. Javohir 12 yosh 10 oy 8 kunlik vaqtida uchinchi grossmeysterlik talabini bajarib, 2018-yilda dunyo shaxmati tarixida ikkinchi eng yosh xalqaro grossmeysterga aylangandi.

    Javohir Sindorov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda mamlakat shaxmat federatsiyasining e’tiborsizligi, faoliyatini erta yakunlagan shaxmatchilar va federatsiyani almashtirish masalasi haqida so‘z yuritdi.

    Besh yoshimdan buyon shaxmat bilan shug‘ullanaman. Uch nafar ukamdan ikkisi ham shaxmat bilan shug‘ullangan. Oilamda professional shaxmatchilar bo‘lmagan, bu sport turiga meni bobom olib kirgan, otam esa meni har doim qo‘llab-quvvatlagan.

    2018-yilda shaxmat tarixidagi eng yosh ikkinchi grossmeysterga aylanganman. Albatta, bu natijaga erishish yo‘lida mashaqqatli mehnat qilganman, juda qiyin bo‘lgan. Unvonni qo‘lga kiritganimdan keyin meni O‘zbekistonda juda yaxshi kutib olishgan. Kech bo‘lishiga qaramay barcha yaqinlarim, ustozlarim, televideniye xodimlari va muxlislar aeroportga chiqqan. O‘sha vaqtda menga Prezident tomonidan uch xonali uy kaliti topshirilgan.

    Mavzuga doir: 12 yoshli grossmeyster Javohir Sindorovga Toshkentdan uch xonali kvartira sovg‘a qilindi

    Foto: ChessBase
    Chet el musobaqalariga o‘zining yonidan xarajat qilishi va federatsiyaning e’tiborsizligi haqida

    Professional shaxmatchi yiliga kamida 9 yoki 10 ta xalqaro musobaqada ishtirok etishi kerak bo‘ladi. Buning bir yoki ikkitasi O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin, qolgan barcha musobaqalar chet elda bo‘lib o‘tadi. Grossmeysterlik unvonini qo‘lga kiritish uchun yiliga 9-10 ta chet el musobaqalarida qatnashishga to‘g‘ri kelgan. Bunga ketadigan xarajatning barchasi oilam tomonidan qoplangan. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan menga hech qanday moddiy yordam berilmagan.

    Rekordni yangilaganimdan keyin ham shaxmat federatsiyasi tomonidan hech qanday e’tibor bo‘lmadi. Ular faqatgina federatsiya rasmiy saytida meni tabriklash bilan cheklandi.

    Tushunarsiz sabablarga ko‘ra Prezident sovg‘asi — avtomobildan quruq qolgani haqida

    Grossmeysterlik unvonini qo‘lga kiritganimda bir oy o‘tar-o‘tmas olti kishidan iborat O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi bilan 16 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi butunjahon shaxmat Olimpiadaga bordik. U yerda kuchli raqiblardan ustun kelgan holda, O‘zbekiston tarixida birinchi marta Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdik. Bizni Toshkentda tantanali ravishda kutib olishdi. Keyinroq qatnashchilarga Prezident sovg‘asi — avtomobillar topshirildi. Lekin men va jamoadoshim Sitora Saparova hatto taqdirlash marosimiga chaqirilmadik ham, qolgan qatnashchilarning barchasiga avtomobil sovg‘a qilindi. Federatsiya nima uchun biz ikkimiz marosimga chaqirilmaganimizni izohsiz qoldirdi.

    Mavzuga doir: Shaxmat bo‘yicha Butunjahon Olimpiadasi chempionlariga Prezident sovg‘asi — Spark avtomobillari sovg‘a qilindi

    Terma jamoa a’zolari 5 nafar, taqdirlanganlar esa — 3

    Terma jamoa a’zolari 5 nafar, taqdirlanganlar esa — 3
    Kollaj: “Daryo”
    Taqiqlar, taqiqlar...

    2019-yilda Yoshlar Ittifoqi ko‘magida Sindorov Javohir Kubogi musobaqasini tashkil qildik. Unda qo‘shni mamlakatlardan ham yosh shaxmatchilar kelib ishtirok etdi. Lekin negadir, ayrim tengdoshlarim bu musobaqada qatnasha olmadi. Keyinchalik surishtirsak, shaxmat federatsiyasi tomonidan og‘zaki taqiq qo‘yilgan ekan.

    Federatsiyani almashtirish borasida

    Albatta, chet el federatsiyalaridan qator takliflar kelgan. Biroq men O‘zbekiston o‘g‘loni sifatida o‘z yurtimni himoya qilgim keladi. Agar shaxmat federatsiya tomonidan bunday to‘sqinliklar bo‘laversa, u holda Gulruhbegim Tohirjonova singari federatsiyamni almashtirishimga to‘g‘ri keladi. Ammo men buni xohlamayman. Shunchaki bizga ham ozgina e’tibor berilishini istaymiz.

    Misol uchun Hindiston federatsiyasi oddiygina Open musobaqasiga 70 nafar shaxmatchisini barcha xarajatlarni qoplagan holda yubordi. Bu yerda esa tug‘ishgan ukam Islombek Sindorov olti karra Osiyo chempioni, ikki karra Jahon chempioni bo‘lishiga qaramay mana shu e’tiborsizlik sabab faoliyatini muddatidan avval yakunladi.

    Foto: O‘zA
    Boshqa federatsiyalarda yiliga yuzlab musobaqalar tashkil etiladi, O‘zbekistonda esa — bitta xalqaro musobaqa. Biz o‘z darajamizni saqlab turishimiz uchun ko‘plab musobaqalarda qatnashishimiz kerak, ularning ko‘pi esa chet elda bo‘ladi va xarajatlarni o‘zimiz qoplashimiz kerak. Shu sabab men tanigan kuchli shaxmatchilar, grossmeysterlar Temur Gareyev, Anton Filippov (Filippov federatsiya e’tiborsizligi sabab Qozog‘istonga ketgan), Temur Ko‘ybakorov va boshqalar o‘z federatsiyasini almashtirishga majbur bo‘lgan. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda juda ko‘plab yosh iqtidorlar o‘sib kelmoqda. Agar ular ham e’tiborsiz qoldirilsa, xuddi ukalarim va boshqa ko‘plab shaxmatchilar kabi faoliyatini erta yakunlashga majbur bo‘ladi.

    Javohir Sindorov, grossmeyster

    Javohir Sindorov — 2005-yilning 8-dekabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Javohir uch karra O‘zbekiston chempioni, olti karra Osiyo chempioni va besh karra Jahon chempioni. U 2018-yilda uchta grossmeysterlik shartlarini bajarib, jahon tarixidagi ikkinchi eng yosh (12 yosh 10 oylik 8 kunlik) shaxmatchiga aylangan. Keyinchalik Javohirning rekordini hindistonlik Gukesh Dommaraju (12 yosh 7 oylik 17 kunlik) yangiladi. Ayni damda Sindorov dunyo shaxmati tarixidagi uchinchi raqamli eng yosh xalqaro grossmeyster bo‘lib turibdi.

    Mavzuga doir:

    • Ravshan Ermatov Gulruhbegim Tohirjonova ishi haqida: “Vazirlikda bu masalani muhokama qilyapmiz”
    • Aziz Abduhakimov: “Shaxmat federatsiyasi faoliyati chuqur o‘rganilmoqda, u yerda tegishli o‘zgarishlar bo‘ladi”
    Avvalroq o‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQShning Missuri universiteti jamoasida dona surayotgani va endi xalqaro musobaqalarda AQSh nomidan qatnashishi ma’lum bo‘lgandi. Keyinchalik bloger Aziza Umarova shaxmatchilar oilasi va federatsiya o‘rtasidagi sovuq munosabat haqida maqola e’lon qildi. Bunga javoban federatsiya raddiya bildirdi. Federatsiya ushbu xabarlar fonida OAVda e’lon qilingan maqolalarni bir yoqlama deb baholagan. Shuningdek, terma jamoadan chiqib ketish fikri sportchining o‘ziga tegishli ekani va bunda boshqalarni aybdor qilish mumkin emasligi ta’kidlangan. Keyinroq opa-singil shaxmatchilar Nafisa Mo‘minova va Xulkar Tohirjonova Shaxmat federatsiyasining raddiyasiga munosabat bildirib, “Shaxmat federatsiyasi ustimizdan mag‘zava ag‘dardi” degandi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    12.01.2021, 10:47   Izoh (0)   63195
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Manchester Yunayted” — “Liverpul”. Angliya Kubogi 1/16 finaliga qur’a tashlandi

    12.01.2021, 10:37

    Instagram: Ot mingan Shahram, chopon kiygan Fazliddin va futbol maydonida parvoz qilayotgan Habib

    12.01.2021, 05:28

    Instagram: Ayollar qurshovidagi Neymar, bahaybat Saloh, g‘alabadan sarmast Messi va Grizmann

    11.01.2021, 23:50

    Ilyos Zeytullayev: “Yuventus”ning Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgani O‘zbekiston uchun juda muhim

    11.01.2021, 22:15

    “Real” so‘nggi 15 yillikdagi eng yomon natijani qayd etdi

    11.01.2021, 21:17

    La Gazzetta dello Sport: “Jenoa” o‘z Eldor’adosini topdi

    11.01.2021, 20:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.