• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi belgilangan vaqtda yuborilmagani sabab “Oskar”da qatnashmaydi

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi “Oskar” tanlovida ishtirok etmasligi borasida turli gap-so‘zlar tarqamoqda. “Xalq so‘zi” bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida film prodyuseri Doniyor Agzamov bilan bog‘landi.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”
    Yo‘q, qatnashmaydi. Biz, Yolqin To‘ychiyev boshchiligidagi jamoa, qo‘limizdan kelgan barcha harakatni qildik. Biz shu vaqtgacha O‘zbekiston Oskar qo‘mitasiga ishonib kelgan edik, men barcha narsani 28-noyabr kuni ularning qo‘liga tutqazganman, menda barcha yozishmalar, faktlar turibdi. Shu kungacha ‘yubordinglarmi’ deb so‘raganimizda ‘ha, yubordik’ deya javob berib kelishgan. Dekabr oyining boshida filmni Amerikaga ham jo‘natganman, 50 ta DVDP, bitta katta terabaytli hardda DSP formatda, ‘Surround’ formatida yuborilgan. Lekin ular (“Oskar” tanlovi tashkilotchilari) videoni so‘rab O‘zbekiston Oskar qo‘mitasiga 3-4-marta yozishgan, qo‘mita javob ham bermagan. Oskar qo‘mitasining qo‘lida filmning hamma formatdagi nusxasi turibdi, nima so‘rashgan bo‘lsa, qilib berganman. Tayyor narsani yuborishmagan, oxirgi vaqtlarda telefonlarimga ham javob bermay qo‘yishgandi.

    5-yanvar kuni mening shaxsan o‘zimga tanlov tashkilotchilaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron pochtamga xat keldi, sizlarga soat 5 gacha oxirgi muddat degan. Biz shokka tushib qoldik, qo‘mitadagilarni rosa qidirdim, telefonlariga javob berishmadi. Ulgura olmasdik, chunki kompyuter ‘zagruzka’ni o‘ziga 16 soatdan 24 soatgacha vaqt so‘radi.

    Doniyor Agzamov, film prodyuseri

    Prodyuser Oskar qo‘mitasi ishining qoniqarsizligi haqida ham gapirdi.

    “Bilmayman, bular nega bunaqa ishlayapti, nomi ulug‘, suprasi quruq degandek, ishga loqayd qarashgan, ishlamagan ham, hozir qattiq jahldaman”, — deydi u.

    Doniyor Agzamov Oskar qo‘mitasi vakillarining Facebook’dagi prodyuser o‘z vaqtida yetkazib bermagani haqidagi gaplariga ham munosabat bildirdi.

    “Men qanday qilib yetkazib bermasligim mumkin, ularning qo‘liga so‘ragan formatlarida 28-noyabr kuni yetkazganman, ko‘zimning oldida kinoni ko‘chirib olishgan, menda ularning filmni qabul qilib olganligini tasdiqlovchi hujjatlar bor. Bojxonadan ham ruxsat olganman, jo‘natganman, bojxona to‘lovini qilganimning hujjatlari ham bor”, — dedi prodyuser.

    Doniyor Agzamov qo‘mitaning filmni tanlovga yuborish huquqi prodyuserda bo‘lishi haqidagi iddaosiga ham javob qaytardi.

    “Yo‘q, huquq ‘O‘zbekkino’da, men ishlab chiqarib beruvchi kompaniyaman, filmni ‘O‘zbekkino’ buyurtmasi bilan tayyorlab, agentlik fondiga topshirganman. Ruscha, o‘zbekcha, inglizcha subtitri bilan, so‘ralgan barcha formatda topshirilgan. Agar men Oskar qo‘mitasiga yetkazmagan bo‘lsam, agarda ayb menda bo‘lgan bo‘lsa, ular ‘O‘zbekkino’dan ham olishi mumkin edi. Nega ‘O‘zbekkiono’ga prodyuser bizga filmni yetkazmayapti deb shikoyat qilib chiqmadi yoki o‘zimga murojaat qilishmadi. Bu tanlovda qatnashish jamoamiz uchun qanchalik muhim narsa edi. Aybni menga ag‘darishyapti, lekin ag‘darisha olmaydi, chunki qo‘lida dalili yo‘q. Menda esa barcha dalillar bor.

    Oskar qo‘mitasi bizga filmni jo‘natish uchun ‘dostup’ bermagan, bo‘lmasa o‘zimiz allaqachon jo‘natgan bo‘lardik. Tashkilotchilar 5-yanvar kuni xat jo‘natishdi menga, agar u avvalroq kelganida edi, men Oskar qo‘mitadan ‘dostup’ so‘rardim, o‘zim yuborardim. ‘Dostup’ qo‘mitada, o‘zimiz jo‘natmoqchi bo‘lsak, u bizni bloklaydi. Hattoki ‘Oltin globus’da ham shunaqa muammo bo‘ldi, sal qoldi u tanlovdan ham qolib ketardik. Tashkilotchilar qo‘mitadan filmni yuborishni so‘ragan, ular esa yubormagan, aksincha bizni ham bloklagan. O‘zimiz tashkilotchilarga chiqib ‘dostup’ni so‘rab oldik, o‘zimiz jo‘natdik. O‘zi Oskar qo‘mitasi nima bilan shug‘ullanishini men tushunmayapman. Ular o‘zbek kinosini rivoji uchun ishlayaptimi yoki borini ham yo‘q qilish uchunmi?”,—  deydi prodyuser.Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Oskar qo‘mitasining yig‘ilishi o‘tkazilgan edi va O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tomonidan Oskar mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga O‘zbekiston nomidan “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi tanlangan edi.

    “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Fox music cinema” studiyasi tomonidan suratga olingan Yolqin To‘ychiyevning “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmida o‘tgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga ko‘rsatgan ta’siri bir oila misolida ochib berilgan.

    Filmning ssenariy muallifi va rejissor — Yolqin To‘ychiyev, postanovkachi operator — Bahodir Yo‘ldoshev, postanovkachi rassom — Bektosh Rajabov, film direktori — Shavkat Rizayev.

    Rollarda: Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova, Elmira Rahimjonova, Marjona O‘ljayeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Xojiquliyeva va boshqalar.

    Ma’lumot uchun, 93-Oskar taqdirlash marosimi 2021-yilning 25-aprel kuni Los-Anjeles shahrining mashhur “Dolby” teatrida bo‘lib o‘tadi.

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yil bahorida “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tashkil qilingan edi.

    10.01.2021, 20:57   Izoh (0)   26401
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Joker” 2020-yilda Buyuk Britaniyada eng ko‘p tomosha qilingan filmga aylandi

    08.01.2021, 21:56

    Kulgi ortidagi dard: “I operatsiyasi” filmi yulduzi Yevgeniy Morgunovning hayoti qanday kechgan? (foto)

    08.01.2021, 20:27

    Seriallardagi baqiroq qaynona — Gulnora Tolipova 50 ming so‘m uchun Lolaning uyini tozalagani va o‘zini o‘ldirishga uringani haqida so‘zlab berdi

    07.01.2021, 14:24

    “Muhtasham yuz yil” 10 yoshda: Olamshumul muvaffaqiyat qozongan serial haqida qiziqarli faktlar (foto)

    07.01.2021, 13:25

    Foto: Juhi Chavla, Shridevi, Madhuri Diksit va 80-yillarda mashhur bo‘lgan boshqa hind aktrisalarining farzandlari

    06.01.2021, 15:19

    Jeyms Bondning ma’shuqasi rolini ijro etgan aktrisa Tanya Roberts vafot etdi. Aktrisaning yaqinlari xatolik sabab uning o‘limini bir kun oldin e’lon qilgan

    06.01.2021, 14:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.