• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Muhtasham yuz yil” 10 yoshda: Olamshumul muvaffaqiyat qozongan serial haqida qiziqarli faktlar (foto)

    “Muhtasham yuz yil” seriali suratga olinganiga 10 yil to‘ldi. Dunyo bo‘ylab ushbu serialning millionlab tomoshabinlari Sulton Sulaymon va Xurramning sevgi hikoyasini kuzatdi. Telekanallar serial reytingidan hayratga ham tushdi. Turkiyadagi eng muvaffaqiyatli serial aslida qanday paydo bo‘lgan va voqealar tugallangan bo‘lsa-da, nega serialni qaytadan tomosha qilish kerak degan savollarga quyida javob topish mumkin.

    Avval orzu bo‘lgan

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Prodyuser Temur Savji Buyuk Usmonli imperiyasi, Sulton Sulaymon hamda uning sevimli rafiqasi Xurramning ajoyib muhabbat qissasi haqida turkum yaratish haqida o‘ylay turib, “Bunday loyihani amalga oshirish mumkin emas, bu juda mas’uliyatli va murakkab ish”, − deya xavotirga tushgan.

    Ungacha Turkiyada bu kabi serial suratga olinmagan. Loyihaning ko‘lami juda keng bo‘lib, unda XVI asr manzaralari, janglar hamda juda mashaqqatli kasting zarur edi. Prodyuserning ushbu g‘oyasini faqat ssenariy muallifi Meral Akay qo‘llab-quvvatladi. U Savjini uddalashiga ishontirdi. Shuningdek, iste’dodli rejissor Durul va Yagmur Taylanlar hamkorligida ish boshlanib, loyiha uchun mablag‘ sarflandi.

    Sulaymonning raqobatchilari bo‘lmagan

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Akay va Savjining aytishicha, tayyorgarlik bosqichida ham Usmonli imperiyasining o‘ninchi sultoni rolida faqat Xalit Ergenchni ko‘rgan. Ushbu aktyordan boshqa hech kim tasavvur ham qilinmagan. Aktyor bilan aloqaga chiqilganda, u ikkilanmasdan rozi bo‘lgan. Keyinchalik Ergench bu uning hayotidagi eng muhim rol bo‘lib qolishini anglagan.

    Keyingi bir yarim yil mobaynida dekoratsiyalar qurilayotgan vaqt hamda kasting jarayonlari davom etayotganida Ergench ulov minishni o‘rgandi, kurash bo‘yicha mashg‘ulotlarga qatnashdi va Usmonli imperiyasi tarixi haqida ko‘plab kitoblar mutolaa qildi. Bularning barchasi suratga olish maydonchasida foyda berdi.

    Xurram roli uchun aktrisa Rossiya va Ruminiyadan qidirilgan

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Xurram sultonsiz “Muhtasham yuz yil”ni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Oddiy kanizakdan tarixdagi eng qudratli ayollardan biriga aylandi. Biroq ushbu rolga darhol tasdiqlangan Xalit Ergenchdan farqli o‘laroq, uning rafiqasi Xurram 6 oydan ko‘proq vaqt davomida izlangan.

    Ijodiy guruh aktrisani butun Turkiya, Rossiya, Ruminiya va boshqa mamlakatlardan ham izlagan. Ammo natija bo‘lmagan. Filmni suratga olish ishlari boshlanishiga bir haftadan oshiq vaqt qolganida, Temur Savji Germaniyada ular izlagan ijrochi borligini aniqlagan: qizil soch, go‘zal hamda slavyan ko‘rinishga ega. U nemis-turk aktrisasi Maryam Uzerli edi. Qisqa muddat ichida Savji ushbu rolni Xurramdan boshqa hech kim yaxshi o‘ynay olmasligini anglab yetgan.

    Dekoratsiya − vaqt mashinasida sayohat qilish

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Serialni haqiqiy sultonlar kanizaklari bilan yashagan mashhur To‘pqopi saroyida suratga olish imkonsiz edi. Buning uchun maydoni 5 ming kvadrat metr bo‘lgan qadimiy Istanbulning shahar manzarasi, bozori va ko‘chalari qurildi.

    Dekoratsiya shu qadar haqiqiy bo‘lganki, aksariyat aktyorlarning fikriga ko‘ra, ular chindan ham o‘zlarini o‘sha davrdagidek his qilgan.

    Muzokaraga sabab bo‘lgan liboslar

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Serial ekranlarda namoyish etilganidan so‘ng tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan liboslarga munosabatlar bildirilgan. Sababi sultonlar va kanizaklar haddan tashqari ochiq kiyingan edi. Bu o‘sha davrdagi urf-odatlarga, umuman, islom qonunlariga zid edi. O‘sha davrda hech qaysi ayolda tor va ko‘ksi ochiq libos bo‘lmagan.

    Stol, shamdon, parda va kumushlar

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Afsuski, bularning barchasi Sulaymon I davrida bo‘lmagan. Sulton va uning a’yonlari past o‘rindiq va yostiqlardan foydalangan. Idishlar toshbaqa qobig‘ida berilib, ovqatlar qo‘l bilan iste’mol qilingan va og‘iz dasturxon qirrasiga artilgan.

    Serialda esa qahramonlar stol atrofida to‘planib, sham yorug‘ida suhbat quradi. Shuningdek, pichoq, sanchqi va qog‘oz salfetkalardan foydalangan.

    Xurramning to‘qima raqiblari

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Xurramning raqiblariga nisbatan rashkdan yonish sahnalari mavjud. Serialda Kastiliya malikasi Izabella mavjud bo‘lsa-da, u tarixda Sulton Sulaymon taxtga o‘tirmasidan avval vafot etgan. Feruza xotun esa tarixda mavjud bo‘lmagan obraz bo‘lib, forslar yuborgan josus to‘qima obraz sifatida namoyon bo‘lgan.

    Kamchiliklar − ularsiz serialning qizig‘i bo‘lmaydi

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Serialda Sulaymonning harbiy yurishlari bilan bog‘liq sahnalarga alohida e’tibor berilgan. Sababi u birinchi navbatda iste’dodli sarkarda sifatida tan olingan.

    Har bir epizod alohida e’tiborga olinsa-da, muharrir ko‘zdan qoldirgan joylar ham topiladi. Ulardan biri Bali Bey (Burak O‘zchivit) ortida ko‘rinib qolgan traktor.

    O‘g‘il onaga qaraganda kattaroq

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Serialda deyarli barcha aktyorlar o‘z qahramonidan kattaroq edi. Biroq Mohidavron sulton (Nur Fettaho‘g‘li) va shahzoda Mustafo (Mehmet Gunsur) misolida hammasi o‘zgacha bo‘ldi. Hayotda farzand rolini ijro etgan Gunsur onasidan 5 yoshga katta.

    Bu o‘rinda vizajistlar muvaffaqiyatli ish olib bordi va onaning yoshini ulg‘aytirib, o‘g‘ilni yanada yoshartirdi. Shunisi qiziqki, Mehmet Xalitdan unchalik ham kichik emas, ota va o‘g‘il orasidagi farq ham atigi 5 yil.

    “Muhtasham yuz yil”dan keyin aktyorlarning faoliayti qanday kechdi?

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Ko‘plab kamchiliklarga qaramay tomoshabinlar “Muhtasham yuz yil” qahramonlarini yaxshi ko‘rib qoldi. Ular hanuzgacha bahsli sahnalarni muhokama qiladi, taassurotlar bilan o‘rtoqlashadi va aktyorlar hayotini kuzatadi. Aktyorlar esa loyiha yakunlangach, muvaffaqiyatli martabaga ega bo‘ldi. Aksariyati yangi film va seriallarda yana bosh qahramon sifatida rol ijro etgan bo‘lsa, yana ba’zilari ma’lum sabablarga ko‘ra karyerasini tark etib, o‘zini butunlay oilasiga bag‘ishladi.

    Mavzuga doir:

    • Katta seriallarda ham kichik ko‘ngilsizliklar bo‘lib turadi. “Muhtasham yuz yil” serialida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar (foto)
    • “Muhtasham yuz yil” serialida turli obrazlarni yaratgan qarindosh aktyorlar (foto)
    • Maryam Uzerli “Muhtasham yuz yil” serialining suratga olish jarayonida qanday qiyinchiliklarga duch kelgani haqida so‘zlab berdi

    07.01.2021, 13:25   Izoh (0)   49881
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Juhi Chavla, Shridevi, Madhuri Diksit va 80-yillarda mashhur bo‘lgan boshqa hind aktrisalarining farzandlari

    06.01.2021, 15:19

    Jeyms Bondning ma’shuqasi rolini ijro etgan aktrisa Tanya Roberts vafot etdi. Aktrisaning yaqinlari xatolik sabab uning o‘limini bir kun oldin e’lon qilgan

    06.01.2021, 14:18

    Neslihan Atagul va Kerem 2020-yilning eng yaxshi turk aktyorlari sifatida e’tirof etildi (foto)

    06.01.2021, 12:56

    “Matritsa-4”, “Qora beva”: 2021-yilning eng ko‘p kutilayotgan filmlari (foto)

    05.01.2021, 17:45

    Ideal aktyorlar tarkibi qanday bo‘ladi? Gollivud aktyorlarini unuting, axir Istanbulning paxmoq yulduzlari har qanday insonni o‘ziga rom etadi

    05.01.2021, 12:26

    2021-yilda taqdim etilishi kutilayotgan Bollivud filmlari (foto)

    04.01.2021, 21:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.