• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Seriallardagi baqiroq qaynona — Gulnora Tolipova 50 ming so‘m uchun Lolaning uyini tozalagani va o‘zini o‘ldirishga uringani haqida so‘zlab berdi

    Gulnora Tolipova “Jurnalist”, “Sevgi” va “Shukrona” kabi seriallardagi baqiroq, injiq qaynona obrazi bilan tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Aktrisa jurnalist Nargiza Murodova bilan suhbatda murakkab hayot yo‘li haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @guli_888888888

    Foto: Instagram / @guli_888888888

    “Pulimiz yo‘q, san’atkor bo‘la olmaysan” 

    — Toshkentdagi besh bolali xizmatchi oilasida dunyoga kelganman. Otam oddiy quruvchi, onam esa zavodda ishchi edi. Bolaligimdan san’atga qiziqqanim bois, 4 yoshimdan Shermat Yormatov rahbarligidagi “Bulbulcha” bolalar xoriga qatnashganman. To‘qqiz yoshimda tushimga O‘zbekiston xalq artisti Zaynab Sadriyeva kirib, meni duo qilgandi. Afsuski, maktabni tamomlaganimdan keyin orzularim sarob ekanini angladim. Oilamizdagi moddiy qiyinchiliklar sabab, onam o‘qishni davom ettirolmasligimni tushuntirdi va bolalar bog‘chasiga ishga joylashdim.

    “O‘zimni o‘ldirishga uringanman”

    — 16 yoshimda xolamning qistovi bilan Sirdaryoga turmushga chiqdim. Bola bo‘lganim uchun ham katta hayotga moslashib ketishim oson kechmadi. Turmush o‘rtog‘imning yaqinlari bilan til topishib ketdim, ammo u bilan kelisholmadik. Besh yil ichida bir ayol qancha xo‘rlanishi mumkin bo‘lsa, shuncha azobni boshimdan o‘tkazdim. Uning asossiz rashki sabab ko‘p marotaba kaltaklandim, haqoratlandim. Ammo bir kuni uning rus ayol bilan don olishishidan xabar topib, o‘z jonimga qasd qildim. Tomirimni kesgach, shifokorlar ko‘magida oyoqqa turdim. Shundan so‘ng o‘g‘limni olib Toshkentga qaytishga qaror qildim. Ammo bu yerda qiyinchiliklar undan oz emasdi.

    Foto: Instagram / @guli_888888888

    Foto: Instagram / @guli_888888888

    “Militsiyachilar tog‘oradagi ovqatimni yerga to‘kib tashlaganini unuta olmayman”

    — O‘g‘lim Shohruhni boqish va uy olish uchun qilmagan ishim qolmadi. Bozorda ovqat sotgan, bekatda pista-qurt bilan savdo qilgan kunlarim ham bo‘ldi. Hatto, bir necha yillar avval 50 ming so‘m evaziga xonanda Lola Yo‘ldoshevaning uyini tozalash uchun borganimni eslayman. Bozordagi noqonuniy savdo uchun militsiya xodimlaridan qochganim, hatto bir marta jazolash uchun tog‘oralardagi ovqatni yerga to‘kib yuborishganini ham unutolmayman. Xullas, shu kabi qiyinchiliklar yuvosh Gulnoraning fe’l-atvorini butunlay o‘zgartirdi.

    Foto: Instagram / @guli_888888888

    Foto: Instagram / @guli_888888888

    “Baqiroq ayollar rolidan charchadim”

    — Yaqin yillardan boshlab ikkinchi darajadagi rollarga taklif bo‘lmoqda. Undan avval faqat epizod rollarni ijro etardim. Tan olaman, aktrisalik bo‘yicha hech qayerda tahsil olmaganman, ammo san’atga mehrim bo‘lakcha. Faqat urishqoq ayol rollarini emas, mard, tanti va sabrli o‘zbek ayollari siymosini ekranda gavdalantirishni istayman. Rostini aytsam, baqiroq ayollar rolini ijro etishdan charchaganman. Rejissorlar meni qaytadan kashf etishlarini orzu qilaman.

    Muvaffaqiyatsiz turmushimdan so‘ng oila qurmadim. Hayotimni o‘g‘limga bag‘ishladim. Uy va mashina olib, uni uylantirdim. Shukrki, kelinim va ikki nafar nabiram bor.

    Eslatib o‘tamiz, Gulnora Tolipova ilk rolini rejissor Burhon Sharopovning “Mug‘ombir kuyov” filmida ijro etgan.

    Mavzuga doir: “Shukrona”dagi Maryam — Odina To‘xtasinova: Tarjimondan aktrisaga aylangan hamshira (foto)

    07.01.2021, 14:24   Izoh (0)   80640
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Muhtasham yuz yil” 10 yoshda: Olamshumul muvaffaqiyat qozongan serial haqida qiziqarli faktlar (foto)

    07.01.2021, 13:25

    Foto: Juhi Chavla, Shridevi, Madhuri Diksit va 80-yillarda mashhur bo‘lgan boshqa hind aktrisalarining farzandlari

    06.01.2021, 15:19

    Jeyms Bondning ma’shuqasi rolini ijro etgan aktrisa Tanya Roberts vafot etdi. Aktrisaning yaqinlari xatolik sabab uning o‘limini bir kun oldin e’lon qilgan

    06.01.2021, 14:18

    Neslihan Atagul va Kerem 2020-yilning eng yaxshi turk aktyorlari sifatida e’tirof etildi (foto)

    06.01.2021, 12:56

    “Matritsa-4”, “Qora beva”: 2021-yilning eng ko‘p kutilayotgan filmlari (foto)

    05.01.2021, 17:45

    Ideal aktyorlar tarkibi qanday bo‘ladi? Gollivud aktyorlarini unuting, axir Istanbulning paxmoq yulduzlari har qanday insonni o‘ziga rom etadi

    05.01.2021, 12:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.