• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Kulgi ortidagi dard: “I operatsiyasi” filmi yulduzi Yevgeniy Morgunovning hayoti qanday kechgan? (foto)

    Urushning ocharchilik yillari va mashaqqatli mehnatidan omon qolgan qora sochli Yevgeniy Morgunov 25 yoshigacha ozg‘in yigit edi. 14 yoshidan buyon og‘ir mehnat ichida, barcha kabi to‘yib ovqat yemay yashayotgan bola bir kuni uyiga qaytganida onasi keltirgan bir quti sariyog‘ga ko‘zi tushadi. Ochlik qarshisida hammasini unutgan Yevgeniy sariyog‘ning barchasini paqqos tushiradi-yu, o‘zini yomon his qila boshlaydi. Shifokorlar unga modda almashinuvi jarayoni buzilgani tufayli qand kasali tashxisini qo‘yadi. Shundan so‘ng Yevgeniyda vazn ortishi yuz bera boshlagan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Yevgeniyda zavodda ishlab yurgan kezlariyoq san’at sohasiga qiziqish paydo bo‘lgan. Ertalab maktabni tashlab, kinoga borar, kechki payt esa konservatoriyadan arzon chiptalar sotib olish uning kundalik odatiga aylangan edi. Shu tarzda unda aktyor bo‘lish istagi paydo bo‘lgan. Ammo zavod rahbari uni mehnatkashligi tufayli qo‘ldan chiqarishni istamas edi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Shundan so‘ng Yevgeniyning o‘zi to‘g‘ridan to‘g‘ri Stalinga maktub yozishga qaror qilgan: “Men san’atkor bo‘lmoqchiman, ammo zavod rahbari bunga imkon bermayapti. Iltimos, menga yordam bering”. Yevgeniyning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng zavod rahbariyati bo‘lajak aktyorni Kamer teatriga yordamchi tarkibda rol ijro etish uchun buyruq olgan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Ushbu voqea haqiqatmi yoki yo‘q, noma’lum. Ammo Yevgeniy ilk faoliyatini Kamer teatridagi kichik rollardan boshlagan. Oradan bir yil o‘tgach u chindan ham aktyorlik bilimiga muhtojligini tushungan va institutga o‘qishga kirgan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Oliygohni bitirgach ham unga katta rollar berilmagan, u quyi toifadagi aktyor sifatida qayd etilgan. Ammo u san’at olamida yashayotganidan xursand edi. Yevgeniy kundalik hayotida juda ko‘p qiziqarli voqealar sababchisiga aylangan. Masalan, u trolleybusga chiqib, yo‘lovchilarning chiptasini tekshirib, salonda haqiqiy nazoratchi paydo bo‘lganida esa juftak rostlab qolar edi. Bundan tashqari, u teatrga tashrif buyurgan tekshiruvchilarga o‘zini badiiy rahbar deb tanishtirib, quyi toifadagi aktyorlarning maoshlarini oshirishni ham talab qilgan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    O‘tgan asrning 60-yillari oxirida, Leonid Gayday suratga olayotgan “Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari” filmi uchun qahramonlar izlab yurgan vaqtida, Yevgeniy hanuzgacha epizod rollarni ijro etar edi. Gayday kelin o‘g‘risi obrazlari uchun Ahmoq, Qo‘rqoq va Barzangini topishi kerak edi. U Qo‘rqoq va Ahmoq personajlariga Vitsin va Nikulinni darhol topgan, ammo Barzangini uchratish biroz vaqt talab etgan. Yevgeniyning baxtiga, uni “Mosfilm” rejissori Ivan Pirev ko‘rib qolgan va u haqda Gaydayga xabar bergan. Keyinchalik Vitsin, Nikulin va Morgunov uchligi paydo bo‘lgan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Garchi ushbu uchlik unchalik qalin do‘st bo‘lmasa-da, bir-birlari bilan muloqot qilib turar edi. Yillar davomida Yevgeniyning hazilkashligi ijodiy jamoa orasida ham tarqaldi. U Gaydaydan bosh rol uchun chindan ham minnatdor bo‘lgan, ammo yana o‘sha hazilkashligi tufayli o‘rtadagi munosabatlarga sovuqlik tushgan. U suratga olingan materialni tomosha qilish uchun o‘ta mast holatda tashrif buyurgan. Gayday bunday hurmatsizlikka dosh berolmay, Barzangidan ranjigan holda, suratga olish ishlarini dublyor yordamida yakunlagan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    “Ko‘pchilik uning ko‘ngliga ozor berar edi, ammo ular Yevgeniyga qanchalar qiyin bo‘lishini xayoliga ham keltirmagan. U o‘zining sog‘lig‘i haqida hech kimga aytmagan, barchasini ichida sir saqlar edi”,— deb yodga oladi rafiqasi Natalya Morgunova.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Natalyaning so‘zlariga ko‘ra, Yevgeniy teatrdagi hamkasbi balerina Varvara Ryabsevaga ko‘ngil qo‘ygan. Varvara undan 13 yoshga katta bo‘lib, ular uzoq yillar mobaynida birga yashagan. Hatto ajrashganidan keyin ham Yevgeniy uni unuta olmagan. Varvaranikiga tez-tez borar, betobligida qarar va vafot etganida ham barcha marosimlarni o‘tkazgan.

    Natalya va Yengeniy

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Shuningdek, Natalya ularning do‘stligiga hech qachon qarshi bo‘lmagan. Natalya va Yevgeniyning ham tanishuvi tasodifan ro‘y bergan. Talaba vaqtida Natalya oliygoh kafedrasiga imtihon vaqtini bilish uchun qo‘ng‘iroq qilaman deya Yevgeniyning kvartirasiga adashib tushgan. Qarshi tomondan “Raqamingizni qoldiring, jadvalga qarab aytib yuboraman”, degan javob kelgan. Birozdan so‘ng Yevgeniy Natalyaga navbatdagi hazil bilan qo‘ng‘iroq qilgan va shu tarzda munosabatlar boshlangan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Bu vaqtda aktyorning yoshi 38, Natalyaniki 25 da bo‘lgan. Ular turmush qurganidan bir yil o‘tib katta o‘g‘li Anton, olti yildan so‘ng Nikolay dunyoga kelgan. Yevgeniy eng qiyin damlarda ham oila hech narsaga muhtoj bo‘lmasligi uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilgan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Qandli diabet tufayli vazni 130 kilogrammdan oshganida ham Yevgeniy konsert va ijodiy safarlarni to‘xtatmadi. Kasallik uni o‘ta asabiy qilib qo‘ygan edi. Shifokorlar bir necha bor aktyorning oyoqlarini kesib tashlamoqchi bo‘lgan. Ammo u yurak xuruji va infarktdan keyin ham yana hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonar edi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Aktyorning sog‘lig‘i uchun navbatdagi katta zarba kenja o‘g‘lining o‘limi edi. 1998-yil 26 yoshli Nikolay mashina boshqaruvi vaqtida uxlab, avtohalokatda vafot etgandi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    “‘Nima uchun bunday adolatsizlik?’, deya o‘zini qiynar edi, deydi rafiqasi Natalya Morgunova. − Bu kabi yo‘qotish tuyg‘usidan qutulish maqsadida uydan qochishga ham harakat qildi. U qiyinchilikda yashayotganini yashirishga qanchalik urinmasin, lekin men buni ich-ichimdan his etardim, u azoblardan tamom bo‘lgandi”. Oradan bir yil o‘tib, 1999-yil iyun oyida Yevgeniy Morgunov 72 yoshida vafot etdi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Mavzuga doir:

    • Ichmaydigan Vitsin, suvga oqib ketgan Shurik. “Kavkaz asirasi” filmi haqida tomoshabinga ma’lum bo‘lmagan qiziqarli faktlar
    • “I operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari” filmi haqidagi qiziqarli faktlar

    08.01.2021, 20:27   Izoh (0)   84733
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Seriallardagi baqiroq qaynona — Gulnora Tolipova 50 ming so‘m uchun Lolaning uyini tozalagani va o‘zini o‘ldirishga uringani haqida so‘zlab berdi

    07.01.2021, 14:24

    “Muhtasham yuz yil” 10 yoshda: Olamshumul muvaffaqiyat qozongan serial haqida qiziqarli faktlar (foto)

    07.01.2021, 13:25

    Foto: Juhi Chavla, Shridevi, Madhuri Diksit va 80-yillarda mashhur bo‘lgan boshqa hind aktrisalarining farzandlari

    06.01.2021, 15:19

    Jeyms Bondning ma’shuqasi rolini ijro etgan aktrisa Tanya Roberts vafot etdi. Aktrisaning yaqinlari xatolik sabab uning o‘limini bir kun oldin e’lon qilgan

    06.01.2021, 14:18

    Neslihan Atagul va Kerem 2020-yilning eng yaxshi turk aktyorlari sifatida e’tirof etildi (foto)

    06.01.2021, 12:56

    “Matritsa-4”, “Qora beva”: 2021-yilning eng ko‘p kutilayotgan filmlari (foto)

    05.01.2021, 17:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.