Transfermarkt portali kuchli beshlik ligalari futbolchilari orasida 2020-yilda penaltidan eng ko‘p gol urganlar reytingini e’lon qildi.
Birinchi o‘rin “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduga tegishli bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchi yil davomida 17 marta penaltini aniq ijro etdi.
Ikkinchi o‘rindan “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh (15) joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni “Latsio” forvardi Chiro Immobile (14) yakunlab berdi
Quyida to‘liq ro‘yxat bilan tanishing:
1. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) – 17 ta penaltidan urilgan gol;
2. Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”) – 15;
3. Chiro Immobile (“Latsio”) – 14;
4. Romelu Lukaku (“Inter”) – 10;
5-9. Andrey Kramarich (“Hoffenhaym”) – 9;
5-9. Jordan Veretu (“Roma”) – 9;
5-9. Neymar (PSJ) – 9;
5-9. Lukas Okampos (“Sevilya”) – 9;
5-9. Lionel Messi (“Barselona”) – 9;
10. Muhammad Saloh (“Liverpul”) – 8.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)