Muborakning “Mash’al” klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi.
Klub matbuot xizmatining yozishicha, jamoaga ispaniyalik Serxio Marinangeli bosh murabbiy etib tayinlangan. Tayinlov 7-yanvar, payshanba kuni amalga oshirilgan.
“Mash’al” jamoasiga katta maqsadlar bilan keldim, chunki klub bosh direktori Ilhom Qurbonov bilan gaplashganimda maqsadlari jiddiy ekanligiga amin bo‘ldim. Bu mavsum yaxshi raqobatdosh jamoa shakllantirib, klub muxlislarini xursand qilishga harakat qilaman. Shu fursatdan foydalangan holda “Mash’al” jamoasiga kelishim uchun muzokaralar olib borgan “El Golazo” kompaniyasiga ham o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.Shu paytgacha bosh murabbiy vazifasini bajargan Dilyaver Vaniyevning jamoa boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgani aytilmoqda.Serxio Marinangeli, futbol murabbiyi
Marinangeli bunga qadar Pro Liganing “Oq-tepa” jamoasida ishlab kelayotgandi.
Ma’lumot o‘rnida, ispaniyalik mutaxassis Serxio Mariangeli 2015—2017-yillarda Ekvatorial Gvineya terma jamoasida bosh murabbiy Esteban Bekkerga assistentlik qilgan. Shuningdek, u faoliyati davomida Ispaniyaning bir qancha quyi liga jamoalarida ham ishlagan.
Avvalroq Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi portugaliyalik mutaxassis Mikael Sekeyra bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)