“Paxtakor” futbol klubi yarim himoyachilar Sadriddin Abdullayev va Javohir Sidiqov bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Har ikki futbolchining “sherlar” bilan amaldagi shartnomasi yakunlandi va ular bilan yangi bitim tuzilmagan.
Abdullayev va Sidiqov so‘nggi vaqtlarda jarohat sabab juda ko‘p o‘yinlarda qatnasha olmagan edi.
Abdullayev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, faoliyati mobaynida “Dinamo S”, “Chanchun Yatay” (Xitoy), “Lokomotiv”, “Sho‘rtan”, “T-Tim” (Malayziya) kabi klublarda to‘p surgan. So‘nggi ikki mavsumda Sadriddin “Paxtakor”da 22 o‘yin o‘tkazdi.
Sidiqov ham “Paxtakor” maktabidan chiqqan, 2016—2018-yillar mobaynida “Qo‘qon-1912” libosini himoya qilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)