Buxoroda umumiy maydoni maydoni 9354 kvadrat metr bo‘lgan shahar madaniyat va tarix muzeyi qurilishi kutilmoqda. Viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, muzey qadimiy sharqona usulda gumbazsimon qilib, ya’ni O‘zbekistonda mavjud tarixiy obidalar ko‘rinishidagi uch-to‘rt qavatli qilib quriladi.
Muzey Bukhara City zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazida qad rostlashi kutilmoqda. Unda 6 ta ekspozitsiyadan iborat Buxoro tarixi, tabiati hamda tasviriy san’atini o‘zida aks ettirgan 125 mingga yaqin eksponat o‘rin olishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, muzey binosidan anjumanlar zali, fond zaxira xonalari, fitobar, ofislar hamda kutish zali tashkil etiladi.
Loyiha Turkiyaning Studio Vertebra kompaniyasi me’mor-mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 6,9 million dollarga baholangan.
Buxoroda Bukhara City qurilishi haqida 2019-yilda ma’lum bo‘lgandi. Buxoro shahrining belgilangan hududlarida samarasiz foydalanilayotgan obyektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydonda qurilishi, unga 500 million dollar qiymatidan ortiq investitsiya jalb qilinishi va buning evaziga 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi aytilgan.
Izoh (0)