• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu ommaviy emlash emas, undan avvalgi tadqiqot”. Innovatsion rivojlanish vaziri O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi vaksina sinovi qanday ketayotgani haqida ma’lumot berdi

    O‘zbekistonda 2020-yil noyabrida Xitoy Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning 3-bosqich sinovlari boshlangan edi. Xitoyning Chongqing Zhifei Biological kompaniyasi 5 mingga yaqin ko‘ngillida sinash uchun yetarli vaksina taqdim etgan. Vaksina olganlar orasida, jumladan, O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning oila a’zolari ham bor. Vazir “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov bilan suhbatda vaksina sinovi qanday kechayotgani haqidagi savollarga javob berdi.

    Ibrohim Abdurahmonov.

    Ibrohim Abdurahmonov.
    Foto: “Daryo”

    — Xitoydan keltirilgan 5 mingta rekombinant vaksinaning haligacha hatto yarmi ham qilinmaganini qanday izohlaysiz? Emlanish istagidagi ko‘ngillilar soni ozmi yoki boshqa omillar ta’sir qilyaptimi?— Buning, albatta, o‘ziga xos sabablari bor. Avvalo, COVID-19’ga qarshi emlash bo‘yicha bizda tajriba yo‘qligi tufayli tayyorgarlik jarayoniga ma’lum vaqt ketdi. Klinik sinovlar o‘tkaziladigan xonalarni barcha zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda ko‘ngillilarni qabul qilish, tibbiy ko‘riklarni amalga oshrish ishlari ham vaqt talab qiladigan jarayon. Vaksina olish istagidagi fuqarolarning har biri bilan suhbatlashib, ularning kasallik tarixi, psixologik holati o‘rganilyapti. Murojaat qilayotgan ko‘ngillilar birinchi kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ulardan koronavirusga test olinyapti, antitanalari tekshirilmoqda. Ikkinchi kuni esa ular emlanyapti. Biz ommaviy emlash jarayonini o‘tkazayotganimiz yo‘q – bu ilmiy tadqiqot jarayoni bo‘lgani bois ham jarayon aniqlikni talab etadi. Klinik sinovlar avvalida bir yoki ikki nafar fuqaroni emlagan bo‘lsak, bugungi kunda ular soni ancha oshdi.

    Ko‘ngillilar bilan suhbat chog‘ida fuqarolardan tibbiy holatlari to‘g‘risida ma’lumot olinadi, xususan, avval COVID-19 kasalligiga chalingan-chalinmagani so‘raladi — koronavirus bilan og‘rigan kishilarda sinov o‘tkazilmaydi, tibbiyot xodimlari esa ularga vaksinaning xususiyatlari, emlash jarayoni haqida batafsil tushuntirishlar beradi. Mana shu suhbat jarayonining o‘zida taxminan 10 foiz ko‘ngilli emlashdan voz kechishi kuzatilmoqda yoki tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra ularning vaksina olishi rad etilmoqda. Bu tabiiy holat. Suhbatdan o‘tgan murojaatchilardan qon tahlili olinadi. Shu bosqichda qon tahlili topshirganlarning taxminan 30 foizining organizmida koronavirusga qarshi antitanalar borligi aniqlanmoqda. Bular koronavirusni o‘zi bilmagan holatda alomatlarsiz yengib o‘tgan hisoblanadi. Ular sog‘lom bo‘lishiga qaramay, emlanishga jalb qilinmayapti. Chunki bu vaksinaning samarasini tekshirishga xalal beruvchi omil hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tibbiy ko‘rikdan o‘tib, vaksina olishga loyiq, deb topilgan fuqarolarga qayta o‘ylab ko‘rishlari uchun bir kun imkoniyat beryapmiz, ularni emlanishga hech kim majbur qilmaydi. Hozirgacha 10 foiz ko‘ngilli ikkilangan holda emlanishdan voz kechdi.

    Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsam, 18-dekabrdan 6-yanvargacha 3 ming nafar fuqaro ko‘rikdan o‘tkazildi. Ammo yuqorida sanab o‘tilgan turli sabablar tufayli 1 270 nafar odamni emlashga erishildi. Ularning hech birida shubhali kasalliklar yo‘q, barcha ko‘ngillilar o‘z xohish va roziliklari bilan tadqiqot shartnomasiga imzo qo‘yib, emlandi.

    — 5 mingta vaksina bo‘yicha emlash jarayonini yakunlash qachonga mo‘ljallangan?— Tadqiqot bosqichma-bosqich yakunlanadi. Yanvar oyi oxirigacha birinchi doza berilsa, bir oydan keyin xuddi shu ko‘ngillilar ikkinchi dozani oladi. Uchinchi oy uchinchi doza beriladi. Har bir bosqich oldidan ularning antitanalari, albatta, tekshiriladi. Shu bois ko‘ngillilar bilan shartnoma tuzilarkan, tadqiqot davomida uch marta emlash uchun va bir yil davomida deyarli har oy tibbiy ko‘rikdan o‘tishga kelishlariga kelishiladi. Yuqorida aytganimdek, bu ommaviy emlash jarayoni emas, bu ommaviy emlash jarayonidan avval amalga oshiriladigan puxta ishlangan ilmiy tadqiqotdir. Aynan mana shu tadqiqot natijalari ommaviy emlash bo‘yicha qaror qabul qilinishiga zamin yaratadi.

    — Ko‘ngillilar hududlar kesimida tahlil qilinganda, qaysi viloyatlardan ko‘p murojaat tushmoqda?— Bu ilmiy tadqiqot bo‘lgani tufayli Toshkent shahri hududidagi ko‘ngillilar emlanmoqda. Viloyatlarda yoki chekka hududlarda yashovchi ko‘ngillilar tekshirish jarayoniga vaqtida yetib kelmasa, ular tadqiqotdan chiqib ketishiga to‘g‘ri keladi. Bizning maqsad 5 ming nafar odamni emlash. Agar ularning hammasi tekshiruv jarayonlarida to‘liq qatnashmasa, bizning statistikaga ta’sir qiladi, tadqiqot talablari buziladi. Natijada tadqiqot samaradorligini ko‘rolmay qolamiz. Ayni paytda vaksina olish istagida murojaat qilayotganlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Poytaxtdagi o‘nlab katta-katta tashkilotlarning xodimlari ham ko‘ngillilar sifatida emlanyapti. Shuni qayd etish kerakki, 5 ming nafar odamni emlash uchun salkam 12 ming nafar ko‘ngillini tekshiruvdan o‘tkazish talab etiladi. Negaki yuqorida aytganimdek, murojaatchilarning bir qismi turli sabablar bilan vaksinatsiyadan chetlatiladi yoki buni o‘zlari rad etadi.

    — Ko‘ngillilar orasida keksalar ham bormi?— Ko‘pincha 18—55 yosh oralig‘idagi yurtdoshlarimiz murojaat qilyapti. Keksalar o‘rta yoshlilarga nisbatan kamroq. Suhbat yoki tibbiy tekshiruv vaqtida nuroniylarning aksariyatida surunkali kasalliklar borligi ma’lum bo‘lyapti. Vaksina olayotganlarning asosiy qismi 29—40 yoshlilar. Emlanganlar orasida 56—58 yoshdagilar ham bor. Tahlillarga ko‘ra, vaksina olish istagini bildirayotganlarning ko‘pchiligi erkaklar.

    — Emlash jarayoniga xitoylik mutaxassislar ham jalb qilinganmi?— Jarayonda Xitoydan kelgan 8 nafar mutaxassisdan tashqari, 50 nafarga yaqin o‘zbekistonlik shifokorlar ham ishtirok etmoqda. Ko‘ngillilarni ko‘rikdan o‘tkazish jarayoni vazirligimiz binosida o‘tkazilayotgan bo‘lsa, emlash ishlari esa uchta poliklinikada bo‘lib o‘tmoqda. Uchala poliklinika ham ertalabdan kechgacha faoliyat yurityapti.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda 2021-yilning iyunigacha aholining 60 foizi koronavirusga qarshi emlanadi
    • SSV: “Xitoy vaksinasining natijalari ijobiy, hech qanday asoratlari bo‘lgani yo‘q”

    08.01.2021, 08:09   Izoh (0)   12204
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Xalq banki”ga yangi rais o‘rinbosari tayinlandi

    08.01.2021, 07:57

    O‘zbekistondagi anomal sovuq yana qancha vaqt davom etishi ma’lum qilindi

    08.01.2021, 07:49

    Farg‘onada dronlar yordamida aniqlangan qoidabuzarlarga jarima qo‘llash boshlandi

    08.01.2021, 07:43

    O‘zbekistonda 2021-yil yanvaridagidek qahraton so‘nggi 10 yilda birinchi marta kuzatilmoqda

    08.01.2021, 07:40

    Urgutning Tojikiston bilan chegaradosh qismida joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti eksport-import yuklari harakati uchun ochildi

    08.01.2021, 06:56

    O‘zbekiston yana bitta Boeing-787-8 samolyotini xarid qiladi

    08.01.2021, 06:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.