Gulzoda Rashidova aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” boshqaruvi raisining ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Lavozimga tayinlangunga qadar Gulzoda Rashidova AT “Xalq banki”ning Toshkent viloyati Chirchiq filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya raisi Tanzila Norboyevaning “Xalq banki” tizimda ayollar rahbarlik lavozimlarini egallashini ma’lum qilgandi. “‘Xalq banki’ raisining o‘rinbosari ayol kishi bo‘lsin, deb topshiriq berildi. Undan tashqari, viloyatlardagi ‘Xalq banki’ filiallarida rahbar ayol kishi bo‘lishi mumkin yoki uni o‘rinbosar, albatta, ayol kishi bo‘lishi kerak. Ular aynan ayollar tadbirkorligiga kredit ajratish masalalari bilan shug‘ullanadi. Bu uchun maxsus liniya ochilgan – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshida fondning 100 milliard so‘m mablag‘i shu maqsadlarda ishlatiladi”, – degan edi Tanzila Norboyeva.
Izoh (0)