5-yanvar kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Norvegiyaning Aske hududida ro‘y bergan ko‘chish joyida qutqaruv ishlarini davom ettirayotgan qutqaruvchilar.
Foto: Reuters
Toshkent shahridagi Parkent ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasiga o‘tish yo‘li oradan besh yil o‘tgach yana ochilmoqda.
Foto: Toshkent shahar IIV YHXBB axborot xizmati
Tailandning Bangkok shahrida Mo Chit avtovokzalida o‘rindiqlarni dezinfeksiya qilayotgan xodimlar.
Foto: Getty Images
Germaniyaning Potsdam shahrida keksa fuqarolar Pfizer-BioNTech vaksinasi bilan emlanishni boshladi.
Foto: Reuters
Germaniyadagi Vintenberg tog‘-chang‘i kurorti qishda odamlarni qabul qilmaslikka qaror qildi.
Foto: Reuters
Malayziyaning Putra universiteti professori Muhammad Txarik ananas barglari va ananas qismlaridan qilingan uchuvchisiz samolyotni ushlab turibdi.
Foto: Reuters
AQShning Florida shtatidagi Sarasota shifoxonasida vaksina olish uchun navbatda turgan 65 yoshli odamlar va undan keksalar.
Foto: Reuters
AQShning Kaliforniya shtatidagi Los-Anjeles shahrida joylashgan “Jojer” stadionida avtomobillarida o‘tirib koronavirusga test topshirish uchun navbat kutayotganlar.
Foto: Reuters
Ispaniyaning Gran-Kanariya orolining janubiy qismidagi Arguinegin bandargohida qirg‘oq qo‘riqchilari tomonidan qayiqdan tushirilishini kutayotgan muhojirlar.
Foto: Reuters
Italiyaning Rim shahri yaqinidagi Ostiya qirg‘oqlariga noqulay ob-havo sababli talafot yetkazilganidan so‘ng suv yuzida turgan erkak.
Foto: Reuters
Turkiyaning Istanbul shahridagi Bogazichi universiteti talabalari yangi rektorning tayinlanishiga qarshi namoyish o‘tkazmoqda.
Foto: Reuters
Iroqning Mosul shahrida jangarilar bilan urushda jarohatlangan nogiron voleybolchi Hisham Abdulholiq uyida farzandlari bilan o‘tiribdi.
Foto: Reuters