• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ta’sischisi Jahongir Ortiqxo‘jayev bo‘lgan kompaniya Namangandagi logistika markazini kengaytirish bilan shug‘ullanadi

    J-United Group kompaniyasi Namangan tumanidagi logistika markazini kengaytirishga 21,8 milliard so‘m (salkam 2 million dollar) investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning 2021—2023-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registriga ko‘ra, 2002-yilning avgustida ro‘yxatdan o‘tkazilgan J-United Group’ning yagona ta’sischisi Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hisoblanadi.

    Skrinshot: Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri

    Skrinshot: Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri

    Kompaniya rahbari sifatida Abdurahim Aminov ko‘rsatilgan. Iqtisodiy faoliyat klassifikatori kodi sifatida — dam olish va istirohat bog‘lari faoliyati ko‘rsatilgan.

    Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registridagi ochiq ma’lumotlariga ko‘ra, Jahongir Ortiqxo‘jayev, shuningdek, Dream Production kompaniyasi (100 foiz, boshqa joylarda tasniflanmagan texnikalar, uskunalar va moddiy boyliklarni ijaraga va lizingga berish), Vedanta Production ( 100 foiz, noturar joylar ijarasi va ularni boshqarish), Ekzotella (100 foiz, noturar joylar ijarasi va ularni boshqarish), Sky Wind Systems (100 foiz, maishiy elektronika buyumlarini ishlab chiqarish), Techno Profil (100 foiz, noturar joylar ijarasi va ularni boshqarish) va “O‘zgazloyiha” (34,47 foiz) ta’sischisi hisoblanadi. Ularning barchasi 1991—2014-yillar oralig‘ida ta’sis etilgan, Jahongir Ortiqxo‘jayev esa 2018-yilning aprelidan buyon poytaxt hokimi hisoblanadi.

    2019-yilning sentabrida Jahongir Ortiqxo‘jyaev Spot’ga bergan intervyusida biznesdan chiqqanini aytgandi.

    2020-yilning yanvarida esa hokim Britaniyaning Open Democracy nashri surishtiruviga izoh bergan. Maqolada Tashkent City loyihasini amalda oshirishda Jahongir Ortiqxo‘jayevga bog‘liq kompaniyalar shug‘ullanayotgani yozilgandi.

    “Prezident meni shahar hokimi etib tayinlaganida, kompaniya boshqaruvini boshqa shaxslarga o‘tkazishim talab qilingan, lekin kompaniyadagi ulushimdan voz kechishim haqida aytilmagan”, — degandi hokim.

    Davlat xizmatchilariga ulushlarga egalik qilish taqiqlanmagan

    Adliya vazirligi davlat hokimiyati organlarida ishlaydigan insonlar MChJ, AJ, QK maqomiga ega kompaniyalarda ulushga ega bo‘la olish yoki olmasligi to‘g‘risidagi so‘rovga javob bergan.

    Vazirlikning ta’kidlashicha, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-martdagi 103-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining xizmatchilariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan.

    “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyati hisoblanadi.

    Mazkur qonunning 4-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanishi qayd etilgan.

    Shu bilan birga, jismoniy shaxslarning tijoriy tashkilotlar ustav fondida ulush (aksiyalar)ga egalik qilish tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishni talab qilmaydi.

    Ulush (aksiya)ga egalik qilish yuqoridagi qonun hujjatlari orqali belgilab berilgan “tadbirkorlik faoliyati” tushunchasiga mos kelmaydi.

    Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari” nizomining 15-bandiga ko‘ra, davlat xizmatchilari o‘z rahbarini manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rish maqsadida tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etishi to‘g‘risida xabardor qilishi shart.

    Shundan kelib chiqib, Adliya vazirligining ta’kidlashicha, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, tijorat tashkilotlarining ulushlari (aksiyalari)ga egalik qilish bilan bir vaqtning o‘zida davlat organlarida lavozim egallashi to‘g‘ridan to‘g‘ri taqiqlanmagan.

    Mavzuga doir: Jahongir Ortiqxo‘jayev: Akfa boshqaruvini shogirdlarimga topshirganman, lekin kompaniya aksiyalariga egalik qilaman

    05.01.2021, 13:29   Izoh (0)   18671
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Parkent ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasiga o‘tish yo‘li oradan besh yil o‘tgach yana ochilmoqda (foto)

    05.01.2021, 12:53

    O‘zbekistonga so‘nggi 11 kun ichida aviareyslarda kelgan 34 yo‘lovchida COVID-19 aniqlandi

    05.01.2021, 12:41

    Namanganda 12 kishi aroqdan zaharlandi. Ularning ikki nafari vafot etgan

    05.01.2021, 12:10

    Xorazmda 31 yoshli ayol va uning 10 yoshli qizi is gazidan zaharlanib vafot etdi

    05.01.2021, 11:32

    “Maktabda ‘svet’ning o‘chishi gaz tarmog‘ida bosimning ortishiga olib kelgan”. Samarqanddagi maktab qozonxonasida yuzaga kelgan portlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lum...

    05.01.2021, 11:13

    “Jinoiy guruh tarkibida amaldorlar ham, farroshlar ham bor”. IIV vakili Andijonda IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda kuzatilgan noqonuniy holat haqida

    05.01.2021, 10:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.