Internetda yana bir yangi optik illyuziya mashhurlikka erishdi. Ayniqsa, u ayrimlarga oq-tillarang, boshqalarga — qora-ko‘k bo‘lib ko‘ringan buqalamun-ko‘ylakni sog‘inganlar uchun yoqadi, deb yozadi Meduza.
Reddit tarmog‘ining Megan Artur ismli foydalanuvchisi rangini yorug‘likka qarab o‘zgartirishga qodir sviter surati bilan bo‘lishdi. Xonalarning birida u yashilsifat kulrang bo‘lsa, boshqasida — binafsharang.
Buning “fotoshop” emasligini isbotlash uchun Artur real vaqtda rangini o‘zgartirayotgan sviterning videosini ham e’lon qilgan.
Arturning ta’kidlashicha, kiyimning rangi o‘zgarayotganini nafaqat kamera orqali, balki oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, sviter ko‘pincha yashilsifat rangda ko‘rinadi.
Izoh (0)