• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sababni bartaraf etmay, oqibatlarga qarshi kurashib bo‘lmaydi”. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat xaridlaridagi urug‘-aymoqchilik holatlari yuzasidan bayonot berdi

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat xaridlaridagi qarindosh-urug‘chilik fosh etilgan jamoatchilik surishtiruvlari yuzasidan bayonot berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Sababni bartaraf etmasdan turib, oqibatlarga qarshi kurashib bo‘lmaydi” sarlavhasi ostida e’lon qilingan bayonotda agentlikning asosiy funksiyasi – korrupsiya holatlari aniqlanganda korrupsionerlarni jazolash emas, balki bunga olib kelayotgan sabablarni aniqlashdan iborat ekani qayd etilgan.

    “So‘nggi paytlarda davlat xaridlari jarayonlaridagi qonun buzilish holatlari to‘g‘risidagi xabarlar goh u hududda, goh bu hududda sodir bo‘layotgani bo‘yicha ko‘plab xabarlar paydo bo‘lmoqda va ular haqli ravishda ommaviy muhokamalar mavzusiga aylanmoqda.

    Yakunda esa ularning aksariyatida ma’lum bir normalar buzilgani aniqlangan bo‘lsa-da, javobgarlik belgilash, budjet mablag‘larini ortga qaytarish masalalari ochiq qolmoqda. Ularni jazolash kerak mazmunidagi gap-so‘zlar avjiga chiqayotgan pallada qonun buzilishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish masalasi soyada qolib ketmoqda”, – deyiladi bayonotda.

    Ta’kidlanishicha, bu kabi jinoyatlar 2020-yilda ko‘paygani yo‘q: ular oldingi yillarda ham bo‘lgan va bundanda kattaroq holatlarda namoyon bo‘lgan. Ammo ularning aksariyati aniqlanmay qolib ketavergan. Davlat xaridlari bo‘yicha yagona axborot portalining ishga tushirilishi va u yerda zaruriy ma’lumotlarning ochiqlanishi natijasida barcha xarid jarayonlari to‘g‘risida aholi xabardor bo‘lmoqda.

    “Bundan xulosa qilish mumkinki, ochiqlik, oshkoralik ta’minlansa, jazo muqarrar bo‘lsa, har bir fuqaroda korrupsiyaga murosasizlik kayfiyati shakllantirilsa, jinoyatchilarning ortidan quvlab yurishga hojat qolmaydi. Hamma narsa jamiyat ko‘z o‘ngida va nazoratida bo‘ladi.

    Ushbu jarayonlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining yetarli vakolatlarga ega emasligi, xususan, tergov va surishtiruv o‘tkazish imkoniyatining yo‘qligi kabi yana bir bahs-munozaralarga ham o‘ziga xos javob bo‘lmoqda. Ya’ni korrupsiya holati aniqlangani bilan uning oldini olish, jazo muqarrarligini ta’minlash, bu jarayonga aholini faol jalb etish masalalari hal etilmasa, har qancha kurashmang, har qancha huquqbuzarni ushlamang, natijaga erishib bo‘lmaydi. Qachonki, masalaga kompleks yondashilsagina biz ushbu sohadan ijobiy natija kutishimiz mumkin.

    Shundan kelib chiqqan holda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlarining birgalikdagi samarali faoliyatini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi sifatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

    Agentlikning asosiy vazifasi etib, mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, jamiyatda korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etish kabilar belgilangan”, – deya ta’kidlanadi xabarda.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ushbu vazifalarni bajarishdagi ayrim vakolat va huquqlarini sanab o‘tgan:

    • davlat organlari va tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida korrupsiya holatini o‘rganish;
    • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy surishtiruvlar o‘tkazish;
    • jinoyat-protsessual qonunchiligiga muvofiq jinoyat ishlari materiallarini o‘rganish;
    • o‘rganish natijalari bo‘yicha faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik alomatlari bo‘lgan shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq choralar ko‘rish, jumladan jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish uchun tegishli organlariga taqdim etish;
    • ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlari ijrosini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni kiritish;
    • davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan ogohlantirishlar hamda taqdimnomalar kiritish shular jumlasidan.

    Ta’kidlanishicha, agentlikda tergov vakolatining yo‘qligi agentlik mustaqilligi uchun xizmat qiladi.

    “Boisi, agar agentlik tergov jarayonlarini amalga oshirsa, tergovni nazorat qilish funksiyasi bo‘lgan idoralar yoki sud oldida qaysidir ma’noda qaram bo‘lib qolishiga turtki bo‘ladi. Bu esa agentlikning o‘z vakolatlaridan to‘liq foydalanishiga, jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida korrupsiya holatini o‘rganish vazifasini bajarishiga to‘sqinlik qiladi”, – deyiladi bayonotda.

    “Kun.uz”ning yozishicha, “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasida, agentlikka yirik korrupsion holatlar yuzasidan tergov o‘tkazish vakolatini berish ko‘zda tutilgan.

    Bayonot davomida aytilishicha, xalqaro nodavlat tashkilotlar hamda ekspertlar tomonidan ham korrupsiyaga qarshi kurashish uchun eng samarali vositalar sifatida ochiqlik va oshkoralik, jamoatchilik nazorati, davlat xizmatchilarining odob-axloq kodekslari kabilar qayd etilgan.

    “Shu boisdan, dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlari korrupsiyaga qarshi kurashuvchi tuzilmalarining asosiy vazifasi etib korrupsiyaga shart-sharoit yaratuvchi omillarni o‘rganish, monitoring va tahlil, milliy strategiyalarni ishlab chiqish va bu borada umumiy faoliyatni muvofiqlashtirib borish belgilangan. Mazkur tusdagi tuzilmalar Fransiya, Sloveniya, Janubiy Koreya kabi davlatlarda mavjud. Ahamiyatlisi, ushbu mamlakatlar so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishda sezilarli o‘sishga erishishgan”, – deya qayd etilgan bayonotda.

    “Agentlikning mamlakatimizdagi boshqa korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idoralardan asosiy farqi ham shunda. Ya’ni ularning faoliyati qancha ko‘p korrupsion jinoyatni aniqlaganiga qarab baholansa, Agentlik faoliyati korrupsion jinoyatlarning qanchaga kamaygani bilan baholanadi.

    Albatta, bunga erishish oson emas. O‘zi korrupsiyaga qarshi kurashish hech qachon oson bo‘lmagan. Uni mag‘lub etishning aniq formulalari ham mavjud emas. Har bir davlat o‘zidagi holatni to‘g‘ri tashxis qo‘yib, uni davolasagina natijaga erishadi. Tashxis xato qo‘yilishi, yoki yaxshi ishlamayotgan organni kesib tashlash bilan bu illatni davolab bo‘lmaydi.

    Asosiysi, bugun jamiyatimizda uyg‘onayotgan korrupsiyaga nisbatan murosasizlik kayfiyatini, jurnalist va blogerlardagi korrupsiyaga qarshi jangovar ruhni, davlat idoralari va mansabdor shaxslaridagi korrupsiya mamlakat kelajagiga g‘ov sifatida qarashni yanada kuchaytirish lozim.

    Bugun korrupsiyaga hamma qarshi, uni yo‘qotish kerakligini, u bilan mamlakat rivojlana olmasligini eng yuqori minbardagilardan tortib, aholimizning katta qismi, ziyoli qatlam, ommaviy axborot vositalari vakillari tushunib yetdi. Endi yagona vazifa barcha harakatlarni birlashtirish va dushmanga qarshi birgalikda kurashish lozim.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida mazkur jarayonlarda barcha sa’y-harakatlarni birlashtirish, muvofiqlashtirib borish, strategik yo‘nalishlarni belgilash uchun vakolat ham, qat’iyat ham mavjud”, – deya yakunlani bayonot.

    Avvalroq Andijon viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” IK rahbariga taalluqli kompaniya 20 milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini qabul qilgani, shuningdek, Jizzax shahrini manzarali daraxtlar va gullar bilan bezash uchun 2 milliard so‘m sarflangani va ushbu davlat xaridini qo‘lga kiritgan kompaniya viloyat hokimi qiziga tegishli ekani, qolaversa, Jizzaxda 292,1 milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgan kompaniyalar viloyat hokimi o‘rinbosariga aloqador bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Shundan so‘ng Andijon viloyati prokuraturasi Andijonda davlat xaridlaridagi “tanish-bilishchilik” holatlarini o‘rganishi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Jizzaxda viloyat hokimining qizi qo‘lga kiritgan bir necha milliardlik davlat buyurtmalari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishini ma’lum qildi.

    Mavzuga doir:

    • “Manfaatlar to‘qnashuvi uchun javobgarlikning o‘zi yo‘q”. Deputat Doniyor G‘aniyev hokimliklardagi tenderlar haqida
    • O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan shaxslar davlat mukofotiga tavsiya etilishi mumkin

    04.01.2021, 09:32   Izoh (0)   26768
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IIV: O‘zbekistonda 120 dan ortiq odam pirotexnika vositalari oqibatida jarohat olgan

    04.01.2021, 09:04

    O‘zbekistonda mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

    04.01.2021, 08:17

    O‘zbekistonda shifokor maoshi qancha va u bilan tirikchilik qilsa bo‘ladimi?

    04.01.2021, 07:49

    “Daryo” fotomuxbiri Madina Nurmandan yil suratlari

    03.01.2021, 23:58

    Qatortolda kaltak yegan PPX xodimi fuqaroga qarshi o‘qotar qurol ishlatmoqchi bo‘ldi, uni mushtlashuvni boshlagan YPX xodimi to‘xtatib qoldi

    03.01.2021, 23:52

    Surxondaryoda tez yordam xizmatiga 20 ta Damas topshirildi. Bundan yarim oy avval O‘zbekistonda tibbiyot uchun Damas sotib olish to‘xtatilgani e’lon qilingandi

    03.01.2021, 21:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yaqin kelajakda tug‘ilish keskin kamayadi, ammo bu yomon tendensiya emas” — ekspertlar

    Dunyo | 14 iyul, 12:50

    Toshkent viloyatida Laboʼga suv to‘ldirib, cho‘milganlarga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyul, 12:40

    Trampga Rossiyaga yordam beradigan davlatlarga 500 foizlik boj solish taklifi berildi

    Dunyo | 14 iyul, 12:35

    “Isroil G’azoda falastinliklar uchun konslager qurmoqda” — Isroil sobiq bosh vaziri

    Dunyo | 14 iyul, 12:23

    “Real” Rodrigoning narxini ma’lum qildi

    Sport | 14 iyul, 12:11

    Taniqli bloger Abduroziq Dubayda qo‘lga olindi

    Shou-biznes | 14 iyul, 12:02

    Mayli Sayrus sahnadan qo‘rquvini yengishga yordam bergan muolaja haqida gapirdi

    Musiqa | 14 iyul, 11:51

    “2030-yilgacha asfalt qilinmagan ichki yo‘l qolmaydi” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 14 iyul, 11:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.