“Tottenhem” Angliya Premyer Ligasi 17-turi doirasida 2-yanvar kuni “Lids”ga qarshi kechgan bahsda (3:0) gol va golli uzatma muallifiga aylandi.
Angliyalik futbolchi APL 2020/21-yilgi mavsumida birinchi bo‘lib 10+ gol va 10+ assist muallifiga aylandi.
Keyn bu ko‘rsatkichni eng tez qayd etish bo‘yicha liga rekordini o‘rnatdi. Unga buning uchun 16 o‘yin kifoya qildi. Avvalgi rekord “Arsenal” sobiq yarim himoyachisi Fransesk Fabregasga tegishli bo‘lib, ispaniyalik futbolchi APL 2009/10-yilgi mavsumining 17 o‘yinida 10+10 ko‘rsatkich qayd etgandi.
Shuningdek, Keyn va Son Hyon Min tandemi ushbu mavsum birgalikda “Tottenhem”ning 13 golida qatnashdi. Bu liga rekordining takrorlanishi bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)