“Barselona” jamoasi La Liga 17-turi doirasida 3-yanvar, yakshanba kuni “Ueska”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 4-yanvarga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.
Katalonlar ustozi Ronald Kuman uchrashuvga jalb etilgan futbolchilar kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi. Undan 22 nafar futbolchi o‘rin olgan.
Uchrashuvni jarohat sabab Xerard Pike, Serxi Roberto, Ansu Fati va Filippe Koutinyo kabi futbolchilar o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, himoyachi Samyuel Umtiti betobligi tufayli ushbu bahsda ishtirok eta olmaydi
Qaydnomadan joy olgan futbolchilar bilan tanishing:
Darvozabonlar: Mark Andre ter Shtegen, Neto, Inyaki Penya;
Himoyachilar: Xordi Alba, Xunior Firpo, Kleman Langle, Serjinyo Dest, Oskar Mingesa, Ronald Arauxo;
Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Miralem Pyanich, Frenki de Yong, Karles Alenya, Pedri Gonsales, Rikard Puch, Mateus Fernandes;
Hujumchilar: Lionel Messi, Martin Breytueyt, Antuan Grizmann, Usmon Dembele, Konrad de la Fuente, Fransishku Trinkau.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)