• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Xalq”, “iqtisodiyot”, “tadbirkor” — Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan murojaatlarida qaysi so‘zlardan ko‘proq foydalangan?

    Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi ekspertlari 2017-yildan buyon mamlakati Murojaatnomalari matnlarini lingvistik kontent-tahlilini o‘tkazib kelmoqda. Tasviriy ifodalovchi so‘zlardan foydalanib, tahlilchilar davlat rahbari eng ko‘p nima haqida gapirganini aniqlagan.

    O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga murojaat qilish an’anasi dastlab 2017-yil dekabr oyida joriy etilgan bo‘lib, mazkur murojatnomada ko‘tarilgan masalalar o‘z dolzarbligi bilan fuqarolar va xalqaro hamjamiyatning diqqat e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda. Prezident o‘z murojaatida odatda o‘tgan yilni sarhisob qiladi va yaqin kelajakda respublikani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tadi.

    O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi ekspertlari tomonidan oxirgi 3 yilda qilingan murojaatlarning lingvistik va kontent tahlili amalga oshirilib, ularni tasviriy ifodalovchi so‘zlar jamlanmasi tuzildi.

    Matnlar tahlili natijasida quyidagilar aniqlangan:

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yildagi murojatnomasida jami 4004 xil so‘zdan foydalanilgan bo‘lib, davlat rahbari eng ko‘p “xalq”, “tadbirkor”, va “yurt” so‘zlaridan foydalangan.

    Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilda Oliy Majlisga qilgan murojaatida eng ko‘p foydalanilgan so‘zlar jamlanmasi

    Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilda Oliy Majlisga qilgan murojaatida eng ko‘p foydalanilgan so‘zlar jamlanmasi
    Foto: “Review.uz”

    Ma’lumot uchun: Markaz xodimlari tomonidan so‘nggi 3 yildagi murojaatlarda eng ko‘p ishlatilgan 40 ta so‘z tahlil qilingan. Bunda so‘zlar tahlil qilinayotgan matn ichida qancha ko‘p ishlatilgan bo‘lsa, tasvirda shuncha katta ko‘rinadi.

    2017-yildagi murojaatda “Xalq” so‘zidan 52 marotaba foydalanilgan bo‘lsa, “tadbirkor”lik sohasiga 39 marotaba urg‘u berilgan. Shuningdek “Yurt” va unga bog‘liq so‘z atamalariga 32 marotaba murojat qilingan.

    Xususan, “Tadbirkor” so‘zi “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik”, “tadbirkorlar va investorlar”, “tadbirkorlarga ruxsat beruvchi xujjatlarni rasmiylashtirish”, “tadbirkorlar xuquqlarini ximoya qilish” kabi kontekstlarida foydalanilgan.

    Eng ko‘p foydalanilgan so‘zlar bo‘yicha individual tahlil

    Eng ko‘p foydalanilgan so‘zlar bo‘yicha individual tahlil
    Foto: “Review.uz”

    Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, murojaaatnomada 50 foiz urg‘u iqtisodiyotni rivojlantirish va liberalizatsiya qilish sohasiga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 23 foizi davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga doir masalalarga qaratilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy sohani rivojlantirishga taluqli masalalar, umumiy murojatnomaning 11 foizini, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud tizimini isloh qilish, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi masalalar esa umumiy nutqning 8 foizini tashkil etgan.

    2017-yilgi murojaatning yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti

    2017-yilgi murojaatning yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti
    Foto: Review.uz”

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yilda Oliy Majlisga murojatnomasida jami 2860 turdagi so‘zlardan foydalanilgan bo‘lib, ular orasida “islohat”, “investitsiya” va “iqtisodiyot” so‘zlariga eng ko‘p murojaat qilingan.

    Shavkat Mirziyoyevning 2018-yilda Oliy Majlisga qilgan murojaatida eng ko‘p foydalanilgan so‘zlar jamlanmasi

    Shavkat Mirziyoyevning 2018-yilda Oliy Majlisga qilgan murojaatida eng ko‘p foydalanilgan so‘zlar jamlanmasi
    Foto: “Review.uz”

    Xususan, mazkur yildagi murojaatda “iqtisodiyot” (35 marotaba) “investitsiya” (26 marotaba) va “islohat” (24 marotaba) so‘zlariga katta urg‘u berilgan.

    Bundan tashqari, davlat rahbari “ta’lim”ga oid so‘zlarni 22 marotaba, “bank” va “ijtimoiy” so‘ziga oid so‘zlarni esa 18 marotaba talaffuz qilgan.

    2018-yildagi murojaatnomada “iqtisodiyot” so‘zi ko‘p hollarda “yashirin iqtisodiyot”, “raqamli iqtisodiyot”, “iqtisodiyot barqarorligi”, “iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish” kabi kontekstlarda aks ettirilgan.

    Eng ko‘p foydalanilgan so‘zlar bo‘yicha individual tahlil

    Eng ko‘p foydalanilgan so‘zlar bo‘yicha individual tahlil
    Foto: “Review.uz”

    Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, 2018-yildagi murojaaatda 50 foiz urg‘u iqtisodiyotni rivojlantirish va liberalizatsiya qilish sohasiga, 20 foiz davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga doir masalalarga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy sohani rivojlantirishga taaluqli masalalar umumiy murojaatnomaning 15 foizini, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud tizimini isloh qilish, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi masalalar esa umumiy nutqning 7,5 foizini tashkil etgan.

    2018-yilgi murojaatning yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti

    2018-yilgi murojaatning yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti
    Foto: “Review.uz”

    Davlat rahbarining 2019-yildagi murojaatida jami 3450 turdagi so‘zlardan tuzilgan bo‘lib, eng ko‘p foydalanilgan so‘zlar “tadbirkor”, “ijtimoiy” va “ilm” so‘zlari hisoblanadi.

    Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilda Oliy Majlisga qilgan murojaatida eng ko‘p foydalanilgan so‘zlar jamlanmasi

    Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilda Oliy Majlisga qilgan murojaatida eng ko‘p foydalanilgan so‘zlar jamlanmasi
    Foto: “Review.uz”

    Hozirga qadar qilingan so‘nggi murojaatnomada “tadbirkor”likka oid so‘zlarga 32 marotaba urg‘u berilgan bo‘lsa, “ijtimoiy” masalalar va “ilm” yo‘nalishlari 24 marotaba ta’kidlab o‘tilgan.

    Shuningdek, “ta’lim”, “sud hokimiyati”, “islohat”, “xalq va jamiyat” va “xorijiy” so‘zlaridan ham ko‘p qo‘llanilgan.

    Xususan, “ijtimoiy” so‘zi asosan “aholining ijtimoiy himoyasi”, “ijtimoiy yordam”, “ijtimoiy siyosat” va “ijtimoiy muammolarni hal etish” kabi kontekstlarda namoyon bo‘lgan.

    Eng ko‘p foydalanilgan so‘zlar bo‘yicha individual tahlil

    Eng ko‘p foydalanilgan so‘zlar bo‘yicha individual tahlil
    Foto: “Review.uz”

    Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, mazkur murojaatda 56 foiz urg‘u iqtisodiyotni rivojlantirish va liberalizatsiya qilish sohasiga, 13 foiz davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga doir masalalarga qaratilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy sohani rivojlantirishga taaluqli masalalar, umumiy murojatnomaning 19 foizini, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud tizimini isloh qilish, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi masalalar esa umumiy nutqning 6 foizini tashkil etgan.

    2019-yilgi murojaatning yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti

    2019-yilgi murojaatning yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti
    Foto: “Review.uz”

    So‘nggi uch yilda qilingan murojaatlarning umumiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy yordam, tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash, halq farovonligini oshirish, yurt tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlash kabi masalalari har yilgi murojaatnomalarning ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Xususan, ijtimoiy sohaga bo‘lgan urg‘u yildan yilga kuchayib bormoqda. Mazkur sohaga oid so‘zlar 2017-yildagi nutqning 11 foiz teng bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2019-yilga kelib 19 foizga yetgan.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning joriy yilgi Oliy Majlisga Murojaatnomasi 29-dekabr kuni soat 11:00 da boshlanadi.

    29.12.2020, 10:12   Izoh (0)   13293
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada 1-yanvardan qoidabuzarliklar dronlar yordamida qayd etiladi

    29.12.2020, 08:41

    O‘zbekistonga 2021-yilda 7,5 mlrd dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirmoqda

    29.12.2020, 07:56

    Toshkent xalqaro aeroportida soxta PZR-test ma’lumotnomasini sotayotgan guruh ushlandi

    29.12.2020, 07:40

    Andijonda sodir bo‘lgan 668 ta YTHda 147 kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

    29.12.2020, 07:09

    Toshkentdagi xonadonlarning biridan 153 kilo soxta dori vositalari topildi

    29.12.2020, 06:38

    Ko‘ksaroyda tashkil etilgan davlat mukofotlarini topshirish tadbirining e’tiborga molik lahzalari — suratlarda

    28.12.2020, 23:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.