Navoiyda o‘zaro til biriktirib, o‘z mahalladoshining chorva mollarini o‘g‘irlab ketgan uch nafar shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda IIV.
Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 10-dekabrdan 11-dekabr kuniga o‘tar kechasi 1990-yilda tug‘ilgan, Navbahor tumani, “Uch tut” mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi, muqaddam sudlanmagan, yakka tartibdagi tadbirkorlar K.E., 1997-yilda tug‘ilgan J.A. hamda 1993-yilda tug‘ilgan R.I. o‘zgalar mol-mulkini yashirin ravishda qo‘lga kiritish maqsadida o‘zaro jinoiy til biriktirgan.
Ular o‘sha kecha 1964-yilda tug‘ilgan, Navbahor tumani “Uch tut” MFY fuqarosi Navoiy shahridagi “Shavkat servis” MChJ ishchisi P.O.ga tegishli bo‘lgan molxonadan bozor narxi 600 ming so‘mlik bo‘lgan bir bosh echkini hamda 1955-yilda tug‘ilgan Navbahor tumani “Uch tut” MFYda yashovchi, nafaqaxo‘r U.O.ga tegishli bo‘lgan molxonadan bozor narxi 3 million so‘mlik ikki bosh mayda shoxli mollarini o‘g‘irlab ketgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan K.E., J.A., hamda R.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib amalga oshirilgan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qorako‘l xalqaro matematika maktabining qurilish-ta’mirlash ishlaridagi o‘g‘rilik fosh etilgani, Andijonda 3 nafar maktab o‘quvchisini aldab, ularning ziragini yechib olgan ayol ushlangani hamda Namanganda 15 yoshli bola do‘kondan 16 ta telefon o‘g‘irlagani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)