Markaziy bank 29-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 3,15 so‘mga ko‘tarilib, 10 476,92 so‘mni tashkil qildi. Yevro 29,58 so‘mga tushib, 12 786,03 so‘m bo‘ldi.
Avvalroq dollarning rasmiy kursi 10,65 so‘mga ko‘tarilib, 10 473,77 so‘mni tashkil qilgani, O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 17-dekabr kunidan boshlab dollar kursi birinchi marta 10 500 so‘mgacha ko‘tarilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)