• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Guljahon Yo‘ldosheva ishi: Dispanser bosh shifokori marhumni ko‘chirishda viloyat SSBdan topshiriq bo‘lganini aytdi

    Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. “Kun.uz”ning xabar berishicha, bu galgi sud majlisida Toshkent viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanseri bosh shifokori va dispanserning boshqa xodimlari marhum Farrux Rustamovning kasalxonaga ko‘chirilishi bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Toshkent viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanseri bosh shifokori Feruza Shonosirova marhum Farrux Rustamovni shifoxonaga qabul qilgani va bunga e’tiroz bildirmaganini ta’kidlagan.

    Feruza Shonosirova bemorni dispanserga Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nizom Abdullayevning topshirig‘i bilan qabul qilganini aytgan.

    Shuningdek, karantin davrida Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida qorovul bo‘lib xizmat qilgan Farrux Ashirov marhum Farrux Rustamovni tez tibbiy yordam mashinasi olib ketishga kelganida Yo‘ldoshevaga telefon qilib xabar berishga urunganini, bemorni tez tibbiy yordam mashinasi olib chiqib ketayotgan vaqt Yo‘ldoshevaga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmaganini bildirgan.

    Bu ikki guvohdan tashqari, sud majlisida dispanserning yana 4 nafar vakili ko‘rsatma bergan. Qolgan guvohlarning ko‘rsatmalari keyingi sud majlisiga qoldirilgan.

    Ma’lumot uchun, viloyat SSB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nizom Abdullayev sentabr oyida “Qalampir.uz”ga bergan intervyusida bemorni infeksion kasalxonadan ruhiy dispanserga ko‘chirish “Guljahon Yo‘ldoshevaning xatosi” bo‘lganini aytgan edi.

    Avvalgi sud majlislarida Guljahon Yo‘ldoshevaning o‘zi marhumning o‘limiga aloqasi yo‘qligini ta’kidladi. Uning bu gaplarini shifoxona infeksionisti Sheyxnazar Ro‘zmetov tasdiqladi.

    Karantin davrida infeksion shifoxonada hamshira bo‘lib ishlagan Aydana Yesenaliyevaning aytishicha, u Yo‘ldoshevaning marhum Farrux Rustamovni boshqa shifoxonaga ko‘chirish haqidagi gapini “eshitib qolgan”. Yo‘ldosheva bu gapni aytmaganini, Yesenaliyevaning ko‘rsatmasi yolg‘onligini bildirgan. Shifokor bu gapni qachon, qayerda, qaysi tilda va kimlarning oldida aytgani haqida advokat bergan savollarga hamshira aniq javob bera olmagan.

    Eslatib o‘tamiz, koronavirusga chalingan bemor o‘limi va 250 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda ayblanib, qamoqqa olingan Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan jinoyat ishi 2020-yil 11-avgustda Chirchiq shahar prokuraturasi tomonidan qo‘zg‘atilgan. 8-sentabrga kelib, ehtiyot chorasi sifatida ayblanuvchi qamoqqa olingan edi.

    Uning qamoqqa olinishi jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bir qator davlat va nodavlat tashkilotlarning rahbarlari, xususan, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya a’zosi Saida Mirziyoyeva mazkur hodisaga munosabat bildirib, prokuraturani shifokorga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasini o‘zgartirishga chaqirgan. Shundan so‘ng Guljahon Yo‘ldosheva 6-oktabr kuni uy qamog‘iga o‘tkazilgandi.

    Guljahon Yo‘ldosheva va boshqalarga nisbatan sud jarayonlari 27-noyabr kuni boshlangan.

    27.12.2020, 20:57   Izoh (0)   46222
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiy shahri markazida viloyatning bosh bayram archasi yonib ketdi

    27.12.2020, 19:50

    Toshkent metrosining “Sergeli” yo‘nalishi 1-yanvargacha bepul xizmat ko‘rsatadi

    27.12.2020, 18:18

    “O‘zgidromet” 28-dekabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    27.12.2020, 17:54

    “Jizzaxcha tenderlar-2”. Bir necha yuz mlrd so‘mlik loyihalarni viloyat hokimi o‘rinbosarining qarindoshlari qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘ldi

    27.12.2020, 16:11

    Shavkat Mirziyoyev 2021-yil uchun davlat budjetini tasdiqladi

    27.12.2020, 15:10

    Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgan Andijon viloyati hokimi 80 marta “hurmatli Prezident” dedi

    27.12.2020, 14:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.