Boks bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov (2-0, 2 KO) 24-dekabr, payshanba kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida professional ringdagi ikkinchi jangini o‘tkazdi.
Do‘stmatovga ushbu jangda Rossiya nomidan ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik Odiljon Sotqinov (0-1) raqiblik qildi. Hasanboy jangni faol boshladi va 1-raundning o‘zida raqibini to‘rt marta nokdaun holatiga tushirdi. To‘rtinchi nokdaundan keyin referi jangni to‘xtatdi va texnik nokautni qayd etdi.
Ta’kidlash joiz, bu Sotqinov uchun professional boksdagi debyut jang bo‘ldi. Undan avval Odiljon kikboksing bilan shug‘ullangan.
Shu tariqa Hasanboy prof boksdagi 2-jangini ham muddatidan avvalgi g‘alaba bilan yakunladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)