“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski The Guardian talqiniga ko‘ra 2020-yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
So‘rovnomada sobiq o‘yinchi va murabbiylar, shuningdek, jurnalistlar (dunyoning 71 mamlakatidan jami 241 kishi) ishtirok etdi.
Reytingda “Barselona” hujumchisi Lionel Messi ikkinchi o‘rinni olgan bo‘lsa, “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu kuchli uchlikka yakun yasadi.
Shuningdek, quyidagi futbolchilar top-10 likdan joy oldi: Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Sadio Mane (“Liverpul”), Erling Holand (“Borussiya D”), Kilian Mbappe (PSJ), Muhammad Saloh (“Liverpul”), Neymar (PSJ) va Virjil van Deyk (“Liverpul”).
2019/20-yilgi mavsumda Levandovski “Bavariya” bilan Germaniya chempionati, kubogi va Superkubogida g‘alaba qozondi. Yana Chempionlar Ligasida ham g‘olib bo‘ldi. Polshalik hujumchi ushbu musobaqalarning barchasida to‘purarga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Robert FIFA tomonidan 2019/20-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha The Best sovriniga ham loyiq ko‘rilgandi. Unda Ronaldu ikkinchi, Messi esa o‘rinda qayd etilgandi.
Top-100 likning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havolada tanishing.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)