“Qora ritsar”, “Shrek”, “Murvatli apelsin” va boshqa qator lentalar Amerika filmlarining milliy reyestriga kiritildi, deb xabar beradi Variety.
Nashrning ta’kidlashicha, ro‘yxatdan o‘rin olish — lenta filmlarning milliy muhofazasi to‘g‘risidagi qonunga mos ravishda saqlanishini bildiradi.
Saralashdan o‘tishi uchun filmlar “madaniy, tarixiy yoki estetik ahamiyatga” ega bo‘lishi, shuningdek, reyestrga kiritilguniga qadar kamida 10 yil ichida suratga olingan bo‘lishi kerak.
Joriy yilda ro‘yxatga 25 ta kartina kiritilgan bo‘lib, jami filmlar soni 800 taga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, filmlar muhofazasi bo‘yicha AQSh Milliy kengashi tomonidan tanlangan kinolentalar Kongress kutubxonasida saqlanadi.
Izoh (0)