Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonning mamlakatda atom elektrostansiyasi qurish bo‘yicha Rossiya bilan shartnomasi “deyarli tayyor”, texnik jihatlar qolgan. Bu haqda Rossiyaning Toshkentdagi elchisi Vladimir Tyurdenev 21-dekabr kuni ma’lum qildi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

Foto: “Xalq so‘zi online”

Foto: “Xalq so‘zi online”

Atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomani 2019-yilning oxirigacha imzolash, ishlarni esa tanlangan maydon — Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li qirg‘og‘ida boshlash 2020-yilning boshiga rejalashtirilgandi.

Elchining aniqlik kiritishicha, ayni paytda tomonlar qo‘shimcha masalalar ustida ish olib bormoqda. Xususan, gap bo‘lajak stansiya uchun suv iste’molini kamaytirish haqida ketmoqda. “Biroq sizni ishontirib aytishim mumkinki, ikkala tomon ham loyiha amalga oshirilishi kerakligidan kelib chiqmoqda. Bu barcha darajalarda tasdiqlanmoqda. Masala loyihani amalga oshirishning texnik jihatlari bo‘yicha qolmoqda”, — deya qo‘shimcha qilgan elchi.

2019-yilda “O‘zatom” direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov Tuzkon ko‘lining xavfsizligi bo‘yicha savolga javob bergan.

“Biz qancha suv ishlatilishi, uning qanday ishlatilishi haqida ko‘p gapirdik. Bug‘ ishlab chiqarish, elektr energiyasini generatsiya qilish, sovitish uchun AESda foydalaniladigan suv iste’moli bizning hozirgi issiqlik elektr stansiyalarimizda ishlatiladigandan ortiq emas”, — deya ma’lum qilgan Jo‘rabek Mirzamahmudov.

Shuningdek, “O‘zatom” rahbari Tuzkon ko‘lining suvi reaktorlarni sovitish uchun yetarli ekanligini qayd etgan. “Bu hisob-kitoblar davom etmoqda, biz esa sovitishning turli variantlarini ko‘rib chiqyapmiz”, — deya aniqlik kiritgan Mirzamahmudov.

“2019—2029-yillarda O‘zbekiston Respublikada atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston atom elektr stansiyasi qurilishini 2022-yildan erta boshlamaydi.

Hujjatga ko‘ra, mamlakatdagi ilk atom elektr stansiyasini barpo etish uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich — 2019—2020-yillarda AES quriladigan joy aniqlanadi, 2020—2021-yillarda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. 2022-yildan esa obyekt qurilishiga kirishiladi.

Rossiya dizayni asosida quriladigan ushbu AES qiymati taxminan 11 milliard dollarga baholangan.

Avvalroq MAGATEning O‘zbekistondagi yadroviy infratuzilmani kompleks ko‘rib chiqish missiyasi 2021-yilga ko‘chirilgani xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi