“Liverpul” Angliya chempionatining 14-turida “Kristal Pelas”ni mag‘lubiyatga uchratdi (7:0).
Yurgen Kloppning “Liverpul” boshqaruvida Premyer Ligadagi g‘alabalari soni 127 taga yetdi (196 o‘yinda). Bu “qizillar” uchun Premyer Liga (1992-yilda tashkil etilgan) tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
53 yoshli germaniyalik mutaxassis bu borada Rafael Benitesni ortda qoldirdi. Ispaniyalik mutaxassis 228 o‘yinda 126 marta g‘alaba qozongandi.
Ulardan keyin o‘rinlarda Jerar Ulye (112 g‘alaba, 228 o‘yin), Roy Evans (87, 184) va Brendan Rojers (63, 122) bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Klopp 2019/20-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra FIFA tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)