Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 13-turida “Liverpul” 19-dekabr, shanba kuni “Kristal Pelas” mehmoni bo‘ldi.

Foto: Twitter/@LFC

Foto: Twitter/@LFC

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Takumi Minamino mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 35-daqiqada Sadio Mane jamoasining kombinatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Roberto Firmino hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda mersisaydlar yana to‘rtta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Jordan Henderson va Firmino bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, zaxiradan maydonga tushgan Muhammad Saloh dublga erishdi.

Shu tariqa Yurgen Klopp jamoasining ochkolari 31 taga yetdi va “qizillar” peshqadamlikda davom etmoqda. “Kristal Pelas” (18) esa 12-pog‘onada qoldi.

APL

14-tur bahsi

19-dekabr, shanba

“Kristal Pelas” — “Liverpul” 0:7

Gollar: 0:1 – 3 Minamino, 0:2 – 35 Mane, 0:3 – 44 Firmino, 0:4 – 52 Henderson, 0:5 – 68 Firmino, 0:6 – 81 Saloh, 0:7 – 84 Saloh.

“Kristal Pelas”: Guaita, van Anxolt, Klayn, Keyxill, Shlupp, Milivoyevich, Kuyate (Tomkins, 63), Makartur (Ridevald, 75), Eze (Batshuayi, 69), Zaha, Ayyu.

“Liverpul”: Alisson, Robertson, Matip, Aleksander-Arnold, Fabinyo, Henderson, Keyta, Minamino, Veynaldum (Jons, 69), Mane (Saloh, 57), Firmino (Oksleyd-Chemberlen, 75).

Ogohlantirish: Klayn (45).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yerni kuchli va uzoq davom etadigan magnit bo‘ronlari qoplaydi
Iqtisodiyot
Banklar, IT va sanoat: O‘zbekistonning eng yuqori oylik to‘langan sohalari e’lon qilindi
Mahalliy
Bo‘stonliqdagi xonadonlarning birida gaz chaqnadi