Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkent–Termiz–Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezd qatnovini amalga oshiradi.

Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari” matbuot xizmati

Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari” matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Yangi yil bayrami arafasida va bayram kunlari yo‘lovchilarga transport xizmatlarini ko‘rsatishni yanada oshirish va ularga ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan Toshkent–Termiz–Toshkent yo‘nalishida 280/279-sonli yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur poyezdlar 2020-yil 15-, 25-, 27-, 29-dekabr kunlari Toshkent–Termiz, shuningdek, 16-, 26-, 28- va 30-dekabr kunlari Termiz–Toshkent yo‘nalishida 4 martadan qatnovni amalga oshirib, yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazib qo‘yadi.

Ta’kidlanishicha, chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Avvalroq Moskvadan Toshkentga maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgani, Buxorodan Toshkentga kelayotgan poyezd nosozlik sabab 1,5 soatdan ortiqroq to‘xtab qolgani hamda “Afrosiyob” poyezdining reyslari soni bittaga ko‘paygani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)