Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklarni mamlakatga qaytarish maqsadida Toshkent—Moskva—Toshkent yo‘nalishida maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.

O‘zbekiston Transport vazirligi xabariga ko‘ra, qatnov 14, 21, 28-dekabr kunlari Moskva Kazanskiy—Toshkent yo‘nalishida amalga oshiriladi. Poyezdlar Moskvadan mahalliy vaqt bilan Toshkentga soat 22:28 da jo‘naydi.

Ushbu poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni Moskva—Toshkent yo‘nalishiga chiptalar sotiladi.

“Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida chiptalarning elektron sotuvi yo‘lga qo‘yildi. Moskvadagi fuqarolarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali e-ticket.railway.uz’dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu ishlar O‘zbekiston Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining rossiyalik hamkasblari bilan olib borilgan muzokaralari natijasi o‘laroq amalga oshirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi