Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yo‘lovchilarning zamonaviy poyezdlarga bo‘lgan talabini to‘la qondirish maqsadida Toshkent–Samarqand–Toshkent yo‘nalishida harakatini amalga oshirayotgan 764/763-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdining reysi yana bittaga ko‘paytirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, hozirgi kunga qadar haftada 2 marotaba (shanba va yakshanba kunlari) harakatini amalga oshirayotgan mazkur zamonaviy poyezd, 2020-yil 13-noyabrdan boshlab haftada 3 marotaba (juma, shanba va yakshanba kunlari) yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qiladi.

Shuningdek, mazkur poyezdning ushbu sanadan boshlab Jizzax vokzalida ham to‘xtab o‘tishi yo‘lga qo‘yiladi.

Avvalroq Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishida sinov tariqasida poyezd harakatlangani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi