“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman yana bir bor tig‘iz taqvimni tanqid ostiga oldi.
Hali ham bizning taqvimni aqlbovar qilmas deb hisoblayman. Agar Superkubok yarim finalida g‘alaba qozonadigan bo‘lsak, u holda yana bitta o‘yin o‘tkazishimizga to‘g‘ri keladi. Safardagi o‘yinlar juda ko‘payib ketdi.Katalon klubi 19-dekabr kuni La Liga doirasida “Valensiya”ga qarshi bahs yuritadi. “Kamp Nou”dagi bahs Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.Biz o‘yinchilarni o‘ldiryapmiz. Menga o‘yindan o‘yinga rivojlanib borish yoqadi, biroq bu yerda parvozlar haqida ham o‘ylash zarur, biz o‘yinlardan juda kech qaytyapmiz... Bu masalani muhokama qilish va mana shunday tig‘iz taqvim vaqtida qanday chora ko‘rish haqida o‘ylashimiz kerak.
Ronald Kuman, “Barselona” bosh murabbiyi
Eslatib o‘tamiz, jamoa Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida 13-yanvar kuni “Real Sosyedad”ga qarshi bahs olib boradi. Agar Kuman shogirdlari undan muvaffaqiyatli o‘ta olsa, 17-yanvar kuni final uchrashuvida ishtirok etadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)