• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekiston” deb nomlangan smartfonlarga davlat gerbi tasviri tushirilgani bo‘yicha AKT vazirligi izoh berdi

    AKT vazirligi Navoiy shahridagi Telekom Devices PRO MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan smartfonlarga davlat gerbi tasviri tushirilgani, bu amaldagi qonunlarga zidligi haqida ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarga munosabat bildirdi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, bunday smartfonlar tijoriy maqsadlarda foydalanilmagan, deya xabar qilmoqda “Kun.uz”.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Navoiydagi erkin iqtisodiy zonada joylashgan Telecom Devices PRO tomonidan “O‘zbekiston” deb nomlangan, 64 gigabayt xotiraga ega smartfonlar ishlab chiqarilayotgani, u ichki bozorga mo‘ljallab tayyorlangani haqida xabarlar tarqaldi. Telefon panelining markaziy qismiga O‘zbekiston gerbi tushirilgani ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi muhokamalarni keltirib chiqardi.

    Foydalanuvchilar “O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonunning 5-1-moddasida davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emasligi belgilangan holda sotish uchun ishlab chiqarilayotgan smartfonlarga ushbu qonunga zid ravishda davlat ramzi tasviri ishlatilganiga e’tiroz bildirgan.

    Shuningdek, ayrim o‘zbekistonliklar qonunning ushbu normasini bila turib, ushbu telefonni ishlab chiqarishga litsenziya va muvofiqlik sertifikatini berilganini tanqid qilgan.

    Nashr muxbiri ushbu e’tirozlar yuzasidan Axborot va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmadovdan izoh so‘radi. Vazir matbuot kotibining ta’kidlashicha, davlat gerbi tasviri tushirilgan smartfonlardan tijoriy maqsadlarda foydalanilmagan, ular vazirlik va idoralarning buyurtmasiga ko‘ra cheklangan miqdorda chiqarilgan.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    “Davlat gerbi tasviri tushirilgan smartfonlar tijoriy maqsadlarda foydalanilmagan. Korxonada gravirovka asosida davlat gerbi tasviri tushirilgan smartfonlarni vazirlik va idoralarning buyurtmasiga ko‘ra cheklangan miqdorda chiqargan bo‘lib, davlat ramzi tasviridan tijorat maqsadida foydalanilmagan.

    Boshqa buyurtmachilar, ya’ni Milliy bank, Ucell va Uzmobile kabi buyurtmachilar talabiga ko‘ra, smartfon panelining markaziy qismiga buyurtmachilar xohlagan logotip tasvirlari tushirilgan holda ishlab chiqarilgan. Mahalliy bozorlarda ‘O‘zbekiston’ smartfonlari I-Device brendi ostida sotilgan”, — deydi Sherzod Ahmadov.

    Ma’lumot uchun, Telecom Devices PRO mas’uliyati cheklangan jamiyati 2016-yilning 8-noyabr kuni tashkil topgan bo‘lib, asosiy faoliyati telekommunikatsiya qurilmalarini ishlab chiqarishdan iborat. Davlat statistika qo‘mitasining ochiq ma’lumotlariga ko‘ra, Telecom Devices PRO’ning ustav fonddagi barcha ulushi “O‘zbektelekom”ga tegishli hisoblanadi.

    AKT vazirligining ma’lum qilishicha, “O‘zbekiston” milliy smartfonini ishlab chiqarish 2019-yil 24-avgustdagi PQ-4426-sonli Prezident qarori ijrosi doirasida yo‘lga qo‘yilgan. Dasturiy ta’minoti o‘zbekona tusga ega ushbu mahsulotga O‘zbekiston hukumati ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan hukumat dasturi yuklangan. Elektron kooperatsiya portali ma’lumotiga ko‘ra, ushbu smartfon ishlab chiqaruvchi tomonidan 3 million 499 ming so‘m qiymatda taklif etilmoqda. Telecom Devices PRO rahbari Nodir Rahimov O‘zA muxbiriga bergan intervyusida “O‘zbekiston” smartfonlari boshlanishiga 3000 dona ishlab chiqarilgani, ayni paytda mahsulotning 50 foizdan ko‘prog‘i sotilganini ma’lum qilgan.

    Avvalroq O‘zbekistondagi 12 246 ta aholi yashash maskanining 56,8 foizida 3G aloqasi mavjud emasligi, O‘zbekistonda aholini internet tarmog‘i bilan qamrab olish darajasi 87 foizga yetkazilgani hamda O‘zbekistondagi aloqa kompaniyalari iste’molchilarga 22,5 milliard so‘mdan ko‘proq zarar yetkazgani haqida xabarlar berilgandi.

    17.12.2020, 13:12   Izoh (0)   26504
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazm viloyatining Bog‘ot tumaniga vaqtinchalik hokim tayinlandi

    17.12.2020, 12:48

    Bo‘stonliqdagi 1 gektar yerni rasmiylashtirib berish uchun 160 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. U bunga qadar 4 marotaba sudlangan

    17.12.2020, 12:23

    Shirin shahar hokimligi “hayotdan charchab”, ikki bolasini kanalga oqizib yubormoqchi bo‘lgan ayol voqeasi bo‘yicha izoh berdi

    17.12.2020, 12:08

    Toshkentda 352 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimligi mansabdori ushlandi (video)

    17.12.2020, 11:58

    O‘zbekiston banklarida dollar kursi birinchi marta 10 500 so‘mgacha ko‘tarildi

    17.12.2020, 11:35

    O‘zbekiston Kioto konvensiyasinining kabotaj tashuvlari qismiga nima sababdan qo‘shilmasligi ma’lum qilindi

    17.12.2020, 11:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.