Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AOKA huzurida 15-dekabr kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori o‘rinbosari A’zamjon Qurbonov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda ma’lum qilinishicha, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi hamda “Elektromagnit moslashuv markazi” bilan birgalikda 2020-yilning iyun-iyul oylarida respublika hududidagi 12 246 ta aholi yashash maskanlarida mobil aloqa qamrovi holati tahlil qilinganda, ularning 6,6 foizida 2G, 56,8 foizida 3G va 95,5 foizida 4G aloqasi mavjud emasligi aniqlangan.

Shu bilan birga, 115 ta aholi yashash maskanida biror-bir mobil aloqa operatorining aloqa qamrovi mavjud emasligi, 533 ta yetib borish qiyin bo‘lgan aholi yashash maskanlaridan 313 tasida (yoki 58,7 foizida) umuman mobil aloqa qamrovi mavjud emasligi qayd etilgan.

Masalan, Namangan viloyatida iste’molchilarning aloqa xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasi tahlil qilinganda, 4 ta mobil aloqa kompaniyalarining jami 1,7 million abonentlari mavjudligi, ularda jami 1058 ta tarmoq aloqa baza stansiyalari o‘rnatilganligi va bu 1615 ta abonentga 1 ta antenna to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Ma’lumot uchun, 1 ta antenna Qozog‘istonda 643 nafar va Rossiyada 235 nafar aholiga xizmat qiladi.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi vaqtida internet tezligi ko‘tarilgani ma’lum qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi
Mahalliy
Toshkentda xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trln soʻm kredit ajratiladi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Sergelidagi mahalla aholisi bilan muloqot qildi