• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Farg‘ona

    Farg‘onada ayol mast holdagi erining oyoq-qo‘llarini bog‘lab uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

    Farg‘onada mast holatdagi erini bog‘lab qo‘yib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan ayolga hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Fuqaro Jo‘raboyev nafaqaga chiqib, yoshi 70 ga qarab ketayotgan paytda ham spirtli ichimlik ichishga ruju qo‘ygan. Buning natijasida uning xonadonida tez-tez janjal sodir bo‘lib turgan. Oiladagi oxirgi mojaro oldidan ham Jo‘raboyev uyga yana mast holatda kirib kelib, ayoli bilan janjallashgan, turmush o‘rtog‘ini haqorat qilgan, oshxona pichog‘ini olib, o‘ldirish bilan tahdid qilgan holda ortidan quvgan. Ayol tomorqa tomonga o‘tib yashirinib olgach, erkak ko‘chaga chiqib ketgan va yana spirtli ichimlik ichib, kechki payt qaytib kelgan.

    Jo‘raboyeva turmush o‘rtog‘ining uyqudan uyg‘onib, janjal ko‘tarmasligi va yana ko‘chaga chiqib ketmasligini ko‘zlab, hovlida turgan chilvir ip bilan erining ikki qo‘lini pastki bilak sohasidan, oyoqlarini son va to‘pig‘idan bog‘lab qo‘ygan.

    Birozdan keyin erkak uyg‘onib, oyoq-qo‘llari bog‘langanini ko‘rgan va baqir-chaqir qilgan. Turmush o‘rtog‘ining vajohatidan qo‘rqqan ayol erining qo‘l-oyoqlarini bog‘liqligicha qoldirgan.

    Jo‘raboyeva suddagi ko‘rsatmasida voqealar rivoji haqida gapirar ekan, keyinroq arqonni yechish uchun kirganida eri xurrak otib uxlab yotganini, yana birozdan keyin esa ovozi chiqmay qolganini maʼlum qilgan. Bu orada ayol yaqinlari va shifokorlarni yordamga chaqirgan.

    Tezkor chaqiruv bo‘yicha xonadonga yetib kelgan shifokorlar tekshirib ko‘rib, Jo‘raboyevning vafot etganini aytgan. Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, erkakning o‘limiga tanasidagi jarohatlar hamda organizmda kislorodning kamayishi, karbonat angidridning ko‘payishi sabab bo‘lgan.

    Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilgach, ish sudda ko‘rib chiqilgan va ayolga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

    Bundan oldin Andijon viloyatida shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘ini sintetik ip yordamida bo‘g‘ib o‘ldirgan va murdasini uyining hojatxonasi chuquriga tashlab yuborgan 25 yoshli ayolga sud hukmi o‘qilgandi. 

    26.04.2024, 12:08   Izoh (0)   6629
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandlik er xotinining joniga qasd qilib, uyini yoqib yubordi

    31.08.2020, 22:20

    Sirdaryoda erkak uy-joy talashib xolasi va uning farzandini o‘ldirib, yoqib yubordi

    01.06.2021, 18:56

    “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim”. Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayolga hukm o‘qildi

    24.04.2024, 12:00

    Toshkentda qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq yo‘lovchi tashiyotgani ma’lum qilindi

    26.04.2024, 11:35

    Toshkentda O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

    26.04.2024, 11:21

    Farg‘onalik IT-mutaxassis qizlar uchun texnologiya sohasidagi imkoniyatlar haqida

    26.04.2024, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Heytga uchragan Kerem Bursin, Pokizaning g‘alati hobbisi, Hande Erchelning nikoh marosimi — Turk kinosi yangiliklari

    Shou-biznes | 17 avgust, 12:35

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 12:10

    Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 11:37

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.